Kontent qismiga oʻtish

Panjikent devoriy suratlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Panjikent devoriy suratlariTojikistonning qadimgi Soʻgʻdiyonaning Panjakent shahrida islomgacha boʻlgan davrning eng mashhur devoriy surati.

Sankt-Peterburgning Ermitaj muzeyidagi Panjikent devoriy surati

Mazkur hududdan koʻplab devoriy suratlar topilgan va ularning aksariyati hozirda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida va Dushanbedagi Tojikiston Milliy asarlar muzeyida saqlanadi. Devoriy rasmlarda Panjikentdagi soʻgʻd va turkiy elitasi, ularning kelib chiqishi boshqa xorijiy savdogar bilan savdo aloqalarini koʻrish mumkin[1]. Suratlarda qadimgi turkiy liboslar, qurol-yarogʻ buyumlari, marosim kosalari bilan sezilarli oʻxshashlik qiyosiy tadqiqotlar natijasida qayd etilgan. Panjikent devoriy suratlari eramizning V asr oxiri VI asr boshlarigacha boʻlgan eng qadimgi soʻgʻd suratlari boʻlib, undan oldin Bolaliktepa Toxaristonning eftalit devoriy suratlari mavjud boʻlib, ular ikonografik va uslubiy taʼsirga ega boʻlgan[2]. Bundan tashqari, mahalliy zardushtiylik, nasroniylik, buddaviylik va hind kultlari bilan bir qatorda yunon bezak uslublarining ellinistik taʼsirini ko’rish mumkin. Ushbu suratlar 722-yilda Abbosiylar xalifaligining bostirib kirishi bilan yaʼni musulmonlar tomonidan Movarounnahrni bosib olishi bilan koʻplab sanʼat asarlari shikastlangan va yoʻq qilingan[3][4][5].

  1. The Sogdians: Influencers on the Silk Roads, The City of Panjikent and Sogdian Town-Planning by Alexander Brey. Smithsonian Institution.
  2. Azarpay, Guitty. Sogdian Painting: The Pictorial Epic in Oriental Art (en). University of California Press, January 1981 — 93-bet. ISBN 978-0-520-03765-6. 
  3. „PANJIKANT – Encyclopaedia Iranica“. iranicaonline.org.
  4. Compareti, Matteo (2012). "Classical elements in Sogdian art: Aesop's fables represented in the mural paintings at Penjikent" (en). Iranica Antiqua XLVII: 303–316. https://www.researchgate.net/publication/283346297. 
  5. Guides, Insight. Insight Guides Silk Road (Travel Guide eBook) (en). Apa Publications (UK) Limited, April 2017 — 521-bet. ISBN 978-1-78671-699-6.