Kontent qismiga oʻtish

Afgʻoniston milliy qarshilik fronti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Panjsher qarshiligidan yoʻnaltirildi)
Afgʻoniston milliy qarshilik fronti
dariy جبهه مقاومت ملی افغانستان
pushtu د مقاومت جبهه

Afg'oniston Islom Respublikasi bayrog'i va Shimoliy Ittifoqning Milliy qarshilik fronti bayrog'i[1][2]
Boshqa nomi Panjsher qarshiligi,
Qarshilik II[3]
Mafkurasi Aksiltolibonchilik
Islomiy demokratiya
Etnik mansubligi asosan tojiklar
Diniy mansubligi islom
Liderlari Ahmad Masʼud
Amrulloh Solih
Bismilloh Xon Muhammadiy
Shtab-kvartirasi Bazarak
Faoliyat hududi Afgʻoniston Panjsher va Parvon viloyatlari
Tuzilgan vaqti 2021-yil 16-avgust
Dushmanlari Tolibon
Afgʻoniston islom amirligi
Al-Qoida Al-Qoida
Pokiston Pokiston
Aʼzolari soni ~ 10 000
Ishtirok etgan nizolari Afgʻoniston urushi (2015–2021)

Afgʻoniston milliy qarshilik fronti[4] (avvalgi norasmiy nomi Panjsher qarshiligi) — 2021-yil iyulavgust oylarida „Tolibon“ harakatining hujumlariga qarshi tuzilgan harbiy ittifoq. „Tolibon“ islomiy harakatiga qarshi guruhlar va Shimoliy ittifoqning sobiq aʼzolaridan tuzilgan. Unga Ahmad Shoh Masʼudning oʻgʻli Ahmad Masʼud va Amrulloh Solih boshchilik qilmoqda[5][6].

Qarshilik xalqaro tan olingan Afgʻoniston Islom Respublikasiga boʻysunuvchi Panjsher viloyati hududida faollik qilmoqda. Kobul bosib olinishidan soʻng, bu Afgʻonistondagi „Tolibon“ga qarshi yagona faol harakatdir[7].

1990-yillarda Panjsher darasi va uning atrofi Shimoliy ittifoq harbiy operatsiyalarining markaziga aylangan[8]. Asosan dariy tilida gapiruvchi tojiklar istiqomat qiluvchi bu hudud toliblarga yetarlicha qarshilik koʻrsata olgan Ahmad Shoh Masʼud va uning oʻgʻli Ahmad Masʼud tugʻilgan joylardir[9].

2021-yil 13-iyul kuni The Economic Times nashri Shimoliy ittifoqning sobiq yetakchilari „Tolibon“ga qarshi kurashish uchun birlashayotganlari haqida xabar berdi[10]. 2021-yil 28-iyulda The Washington Post Shimol ittifoqining sobiq aʼzolari qarshilik harakati uchun birlashmoqchi ekanini yozdi[7]. Kobul toliblar qoʻliga oʻtganidan soʻng koʻplab aksiltolib kuchlar, xususan, birinchi vitse prezident Amrulloh Solih, toliblar tomonidan bosib olinmagan yagona hudud – Panjsher vodiysiga ketishdi. Toʻplanishdan maqsad – u yerda toliblarga qarshi yangi harakat boshlash[11][12][13].

17-avgust kuni Afgʻonistonning sobiq harbiylari tank va bronetransportyorlar bilan Panjsher vodiysiga borib, u yerda qarshilik harakatiga qoʻshilayotgani xabar qilindi[14]. Shu kuni qarshilik „Tolibon“ga qarshi hujum boshladi va KobulMozori-Sharif yoʻlida joylashgan Parvon viloyatining Chorikor tumanini qoʻlga kiritdi[15].

19-avgustda afgʻonistonlik oʻzbeklar yetakchisi marshal Abdul Rashid Doʻstumning oʻgʻli Yormuhammad Doʻstum oʻz qoʻshini va harbiy texnikalari bilan Panjsher viloyatiga kelib, qarshilik harakatiga qoʻshildi. Avvalroq Abdul Rashid Doʻstumning oʻzi ham Panjsher qarshiligiga qoʻshilgandi[16]. 20-avgustda qarshilik kuchlari Bagʻlon viloyatining uchta tumanini Tolibondan qaytarib oldi[17]. Shu kuni qarshilik haraktiga Afgʻoniston islom respublikasining ikki generali: Afgʻoniston islom respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabining soʻnggi boshligʻi Haybatulloh Alizay va Maxsus topshiriq qoʻshinlarining soʻnggi qoʻmondoni Sami Sadat kelib qoʻshildilar[18]. 21-avgust kuni Bagʻlon viloyatining Andarab tumani Tolibon tomonidan jangsiz qaytarib olindi[19]. 22-avgust kuni Tolibon Ahmad Masʼudning taslim boʻlishi uchun 4 soat vaqt berganlari ochiqlandi, aks holda Panjsher viloyatini kuch bilan bostirishlari maʼlum boʻldi[20][21].

Tasnim News Agency muxbiri Afgʻoniston milliy qarshilik fronti jangchisidan intervyu olmoqda. 2021-yil 11-sentyabr

Ahmad Masʼud taslim boʻlishdan bosh tortgach, 23-avgust kuni Panjsher vodiysida „Tolibon“ va Panjsher qarshilik kuchlari oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar boshlandi, „Tolibon“ning katta qurolli guruhi talofat koʻrdi[22]. „Tolibon“ vakillari Bagʻlon viloyatining avval qoʻldan chiqarilgan barcha tumanlarini Panjsher qoʻshini qoʻlidan qaytarib olganini eʼlon qildi[23]. 24-avgust holatiga koʻra „Tolibon“ Panjsher viloyatiga kira olmagan[24]. 25-avgustda Panjsher qarshiligi va „Tolibon“ oʻrtasidagi muzokaralarning birinchi raundi boʻlib oʻtdi. Muzokaralarda panjsher vakillaridan 12 kishi, „Tolibon“dan 7 kishi qatnashdi[25]. Shu kuni kechqurun Bagʻlon viloyatidan bir necha yuz jangchi Panjsher harakatiga kelib qoʻshildi[26]. „Tolibon“ vakillari Panjsher bilan qilingan muzokaralar besamar ekanini taʼkidladi[27]. Panjsher qarshiligi vakillari esa agar „Tolibon“ terrorizmga qarshi samarali kurashsagina qarshilik vakillari ular bilan kelishishi mumkinligini, aks holda „Tolibon“ hukumatini tan olmasligini aytib oʻtdi[28]. 31-avgust kuni „Tolibon“ harakati Panjsher viloyatiga hujum boshladi, Xavak dovonida shiddatli janglar boʻldi[29]. „Tolibon“ Panjsherni toʻliq egallamasdan turib Panjsher viloyatiga hokim tayinladi[30]. „Tolibon“ning 31-avgustdan 2-sentabrgacha qilgan hujumlari toliblarga hech bir foyda keltirmadi[31]. Biroq 6-sentabr kuni „Tolibon“ vakili Zabihulloh Mujohid Panjsher viloyati toʻliq toliblar nazorati ostiga oʻtganini eʼlon qildi[32].

  1. „'Northern Alliance' flag hoisted in Panjshir in first resistance against Taliban“. Hindustan Times (17-avgust 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  2. „The mujahideen resistance to the Taliban begins now. But we need help.“. Washington Post (18-avgust 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  3. „Analysis | Northern Afghanistan once kept out the Taliban. Why has it fallen so quickly this time?“ (en-US). Washington Post. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  4. „Opinion | The mujahideen resistance to the Taliban begins now. But we need help.“ (en-US). Washington Post. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  5. Amrullah. „Clarity: As per d constitution of Afg, in absence, escape, resignation or death of the President the FVP becomes the caretaker President. I am currently inside my country & am the legitimate care taker President. Am reaching out to all leaders to secure their support & consensus.“. Twitter.
  6. „«Толибон» ҳаракати босиб ололмаган яна битта вилоят қолгани маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  7. 7,0 7,1 Brick Murtazashvili. „Northern Afghanistan once kept out the Taliban. Why has it fallen so quickly this time?“. The Washington Post (28-iyul 2021-yil). 16-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  8. „The Panjshir Valley: what is the main bastion of resistance against the Taliban advance in Afghanistan“. Market Research Telecast (17-avgust 2021-yil). 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  9. „Ahmad Massoud Declared As His Father's Successor“. TOLOnews.
  10. Chaudhury.. „Northern Alliance plans to regroup: Resistance leaders seek arms to fight Taliban in Northern Afghanistan“. The Economic Times. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  11. AFP. „Defiant Afghan ex-VP vows new fight with Taliban“ (en-US). Digital Journal (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  12. „As Taliban takes over, one Afghan province is still standing strong - Here's the story of Ahmad Shah Massoud and his bastion Panjshir“ (en). Free Press Journal. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  13. „An anti-Taliban front forming in Panjshir? Ex top spy Saleh, son of 'Lion of Panjshir' meet at citadel“ (en). The Week. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  14. „Panjshir flies flag of resistance“. Tribune India. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  15. „Афғонистоннинг Панжшер вилоятида «Толибон» ҳаракатига қарши ҳужум бошланди“. Bugun.uz. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  16. „Маршал Дўстумнинг ўғли «Толибон» ҳаракатига қаршилик кўрсатаётган Панжшер вилоятига келди — фото“. Bugun.uz. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  17. „Афғонистон ҳарбийлари «Толибон» ҳаракатидан 3 та туманни қайтариб олди“. Bugun.uz. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  18. В Панджшер прибыли два афганских генерала
  19. „Талибы вернули контроль над районом Андараб в провинции Баглан на севере страны“ (ru). ТАСС (2021-yil 21-avgust). Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  20. „«Толибон» ҳаракати Панжшер ҳокимига таслим бўлиш учун 4 соат вақт берди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  21. „Талибы дали руководству сопротивления в провинции Панджшер четыре часа, чтобы сдаться“ (ru). ТАСС (2021-yil 21-avgust). Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  22. 300 талибов угодило в засаду ополчения в Баглане
  23. „Талибы заявили о взятии в осаду сил сопротивления в Панджшере“ (ru). «Аргументы и факты» (2021-yil 23-avgust). Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  24. „«Толибон» ҳаракати Панжшер вилоятига кира олмади“. Bugun.uz. 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  25. „Панжшер ва «Толибон» ҳаракати ўртасида биринчи музокара бўлиб ўтди“. Bugun.uz. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  26. „Бағлондаги «Толибон» ҳаракатига қарши бўлинмалар Аҳмад Масъуд кучларига қўшилади“. Bugun.uz. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  27. „«Толибон» Панжшер кучларининг тинчлик бўйича таклифга жавоб бермаганини айтди“. Bugun.uz. 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  28. „Панжшер қаршилик кучлари «Толибон» ҳаракати билан келишиш шартини маълум қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  29. „«Толибон» ҳаракати Панжшерга яна ҳужум қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  30. „«Толибон» ҳаракати Панжшер вилоятига ҳоким тайинлади“. Bugun.uz. 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
  31. „«Толибон» ҳаракати Панжшер қаршилик кучлари билан бўлган жангда ортга чекинди“. Bugun.uz. 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  32. „Панжшер вилояти тўлиқ «Толибон» ҳаракати назоратига ўтгани айтилди“. Bugun.uz. 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.