Kontent qismiga oʻtish

Panoftalmit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Panoftalmit – (grekcha „pan“ hammasi, „oftalmos“ koʻz) koʻzning hamma qismlarini oʻtkir yalligʻlanishi.[1]

Panoftalmit – ogʻir yiringli infeksiyalarning koʻz olmasiga turli yoʻllar bilan kirishi (adenovirus, stafillakokk, streptokokk, pnevmokokk, koʻk yiring tayoqchasi), zamburugʻlar orqali va sepsisdan keyin paydo boʻladi[2].

Panoftalmitda koz ogʻrigʻi, shish, qovoq va konyunktiva giperemiyasi, shox parda shishi bilan birga 1-3 kun ichida old kamera yiring bilan toladi. Ekzooftalm paydo boladi va bemorlarning umumiy ahvoli yomonlashib, isitmasi koʻtariladi, koʻngli ayniydi hamda qusa boshlaydi.

Umumiy ahvolni kuchaytiradigan dorilar bilan birga, venaga va muskul ichiga keng spektrli antibiotiklar (morfotsiklin, fortum va hokazo), shishasimon tana ichiga 1-10 000 fortum 0,3ml. kiritiladi. Koʻrish tiklanmasa ham koʻz olmasini saqlab qolishga harakat qilinadi. Shundayam tuzalmasa koʻz olmasi evisteratsiya qilib olib tashlanadi.

Profilaktikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

yuqori darajali miopiyaning oldini olish, ateroskleroz va gipertoniyning rivojlanish fazalarining oldini olish, travmalardan ehtiyot boʻlish zarur[3].

  1. Yuldasheva. shishasimon tana, 6, Toshkent: Cho'lpon — 54-55-bet. ISBN 978-9943-05-869-9. 
  2. Yuldasheva. shishasimon tana, 6, Toshkent: Cho'lpon — 54-55-bet. ISBN 978-9943-05-869-9. 
  3. Muxamadiyev. shishasimon tana kasalliklari, Toshkent, 2020 — 271-bet. ISBN 418-49908-2020.