Kontent qismiga oʻtish

Panspermiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Panspermiya (pan... va sperma) — keng maʼnoda — kosmik boʻshlikda hayotning bir joydan ikkinchi joyga utishi toʻgʻrisidagi gipoteza; tor maʼnoda — hayotning Yerga kosmosdan kelib qolganligi toʻgʻrisidagi gipoteza. P.ni nemis olimi G.Rixter (1865) taklif etgan; shved olimi S.Arrenius (1895) asoslab bergan. Bu gipotezaga binoan, Yerga tirik organizmlar meteoritlar va kosmik chang bilan birga kelib qolgan. Bu taxmin ayrim mikroorganizmlar va ular sporasining radiatsiya, kuchli vakuum va uta sovuklikka juda chidamli bulishiga asoslangan. Lekin hozirgacha mikroorganizmlarning Yerdan tashqarida paydo boʻlishi toʻgʻrisida hech qanday dalil yoʻq (yana qarang Ekzo-biologiya).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil