Kontent qismiga oʻtish

Papua Yangi Gvineya davlat madhiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 Papua Yangi Gvineya davlat madhiyasi
Soʻz muallif(lar)i Thomas Shacklady
Bastakor Thomas Shacklady
Qabul qilindi 1975
Audio
Papua Yangi Gvineya davlat madhiyasi

"Oʻrningdan tur, barcha oʻgʻillar" — Papua-Yangi Gvineya davlat madhiyasi hisoblanadi. Madhiya 1975-yil 16-sentabrda qabul qilingan. Madhiya soʻzlari Thomas Shacklady tomonidan yozilgan va Thomas musiqasini ham bastalagan shaxs hisoblanadi.

Papua-Yangi Gvineya milliy oʻziga xosligi toʻgʻrisidagi qonun 1971-yilda ishlab chiqilgan boʻlib, bu mamlakatni milliy bayroq, milliy gerb, milliy qasamyod va milliy madhiya yaratishga undadi.[1] Papua Yangi Gvineyada 1971-yil milliy bayroq va gerb qabul qilingan. Biroq, milliy madhiya toʻrt yil oʻtib qabul qilinga. Bunga sabab esa 1975-yilda Avstraliyadan mustaqillikka erishgunga qadar bir qarorga kelinmaganida edi. Koʻplab qoʻshiqlar madhiya sifatida taqdim etilgan boʻlsa-da, Milliy Ijroiya Kengashi mamlakat Mustaqillik kunidan bir hafta oldin (1975-yil 10-sentabr) bosh inspektor Thomas Shacklady (1917-2006) tomonidan yaratilgan kompozitsiyani milliy madhiya sifatida qabul qilishga qaror qildi. Madhiya Papua-Yangi Gvineya konstabulyar orkestrining guruhmeysteri tomonidan omma oldida ijro etildi.[2]Thomas Shacklady 1964-yildan 1982-yilgacha Papua-Yangi Gvineya qirollik konstabulyar guruhining ustozi sifatida esga olinadi. Madhiya ham shu davr mobaynida yaratilgan.[3]

2015-yilgi Tinch okeani oʻyinlarining ochilish marosimida madhiyaning birinchi qatori „bu yurtning oʻgʻillari“ iborasi „Ey, bu yurtning oʻgʻillari va qizlari“ ga oʻzgartirildi. Keyinroq bir amaldor bu noqonuniy ekanligini va Milliy identifikatsiya qonunini buzish ekanligini aytdi. Madhiya vatanparvarlik qoʻshigʻi hisoblanadi. Bugungi kunda Papua-Yangi Gvineyada ham qirollik madhiyasi sifatida "Xudo qirolichani asrasin" ishlatiladi, chunki qirolicha Elizabeth II ushbu davlat qirolichasi hisoblanadi.

I
O arise all you sons of this land,
Let us sing of our joy to be free,
Praising God and rejoicing to be
Papua New Guinea.

Shout our name from the mountains to seas
Papua New Guinea;
Let us raise our voices and proclaim
Papua New Guinea.

II
Now give thanks to the good Lord above
For His kindness, His wisdom and love
For this land of our fathers so free,
Papua New Guinea.

Shout again for the whole world to hear
Papua New Guinea;
We're independent and we're free
Papua New Guinea.[4]

  1. National Identity Act 1971, http://www.paclii.org/pg/legis/consol_act/nia1971197. Retrieved 8 Oct 2018. Jamoat mulki Bu maqola jamoat mulki boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
  2. „PNG National Anthem“. Papua New Guinea Association of Australia. Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.
  3. „Thomas Shacklady“. https://malumnalu.blogspot.com. Qaraldi: 14-avgust 2022-yil.
  4. ا نسا ن „National Anthem of Papua New Guinea |O Arise, All you Sons |One nation , one earth |Oceania“. YouTube (2020-yil 17-iyun). 2022-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.