Kontent qismiga oʻtish

Paramaribo

Vikipediya, erkin ensiklopediya

ParamariboSurinam poytaxti. Surinam daryosining chap sohilida. Iqlimi subekvatorial, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 26°, avgust niki 29°. Yillik yogʻin 2250 mm. Aholisi 213 ming kishi (2000). Temir yoʻl stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Mamlakatning muhim porti (chetga boksit, yogʻoch, sha-kar, rom, sholi, sitrus mevalar chiqariladi). Oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati korxonalari; universitet, muzey, botanika bogʻi bor. Shaharga 1640-yilda indeyslar qishlogʻi oʻrnida fransuzlar tomonidan asos solingan. 1975-yildan mustaqil Surinam poytaxti.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil