Kontent qismiga oʻtish

Parametrit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parametrit (paro... va yun. metra — bachadon) — bachadon atrofidagi yogʻ toʻqimasi (kletchatka)ning yalligʻlanishi. Yiring xreil qiluvchi mikroblar (asosan, streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchasi) qoʻzgʻatadi. P.ga kupincha nojoʻya qilingan abort, tugʻruqning noraso kechishi tufayli jinsiy aʼzolarning zararlanishi, baʼzan qovuq hamda ichaklarning surunkali kasalliklari va boshqa sabab boʻladi. P.ningoʻtkir va surunkali shakli farq qilinadi. P.da gavda harorati koʻtariladi, et uvishib, qorin pasti ogʻriydi, bemor darmonsizlanadi. Qin orqali tekshirib infiltrat paydo boʻlganligini aniklash mumkin. Baʼzan infiltrat yiringlasa, yiring qovuqqa, toʻgʻri ichak yoki qorin boʻshligʻiga teshib utishi ham mumkin. Shuning uchun oʻtkir P.da darhol vrachga murojaat etish kerak, aks holda yiringli P. paydo bulib, yiring qoʻshni aʼzo va toʻqimalarga, hatto qonga oʻtishi mumkin.

P.ning oldini olish uchun asosiy abort, ayniqsa, yashirin abortdan sak,lanish, homiladorlikni toʻxtatish za-rur boʻlsa, faqat statsionar sharoitda amalga oshirish lozim. P.ning oʻtkir shaklida bemor oʻrinda yotishi tavsiya etiladi, antibiotiklar, yalligʻlanishga qarshi dorilar buyuriladi; surun-kalisida fizioterapevtik muolajalar, kurortlarda davolanish maqsadga muvofiq; yiringlash hollarida xirurgik usul qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil