Paraosiyo oʻyinlari
2010-yil. I Paraosiyo oʻyinlari.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guanchjou (Xitoy)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil dekabr oyida Xitoyning Guanchjou shahrida oʻtkazilgan I Paraosiyo oʻyinlarida Osiyoning 41 davlatidan 3000 dan ziyod imkoniyati cheklangan sportchilar ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston vakillaridan yengil atletika boʻyicha 800 metrga yugurish bahsida Alisher Usmanov oltin, yadro uloqtirish bahsida Husniddin Norbekov kumush, uzoqqa sakrash bahslarida Doniyor Soliyev hamda 4x100 estafeta jamoasi bronza, dzyudo boʻyicha 73 kg vaznda Sharif Xalilov kumush, 81 kg vaznda Hasan Qosimov bronza medallarini qoʻlga kiritdilar. Umumjamoa hisobida oʻzbekistonliklar jami 6 ta: 1 oltin, 2 kumush va 3 bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.[1]
2014-yil. II Paraosiyo oʻyinlari.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Incheon (Koreya)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 18-24-oktabr kunlari Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan II Paraosiyo oʻyinlarida Osiyoning 45 davlatidan besh mingdan ziyod sportchi qatnashdi.
Musobaqada sportning suzish, yengil atletika, oʻq otish va dzyudo turlari boʻyicha Oʻzbekiston sharafini 27 sportchidan tashkil topgan jamoa himoya qildi. 22 oltin, 5 kumush, 4 bronza — jami 31 ta medal qoʻlga kiritildi.
Suzish havzasida turli usul va masofalarda Kirill Pankov 4 bor, Dmitriy Xorlin esa 3 marotaba chempionga aylandi. Yengil atletika boʻyicha bahslarda Fahriddin Hamroyev shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga toʻrt marta, Maʼrufjon Murodullayev esa ikki marta koʻtarilishdi. Miran Saxatov bitta oltin va ikkita kumush medal egasiga aylandi. Husniddin Norbekov bittadan oltin va kumush medal bilan taqdirlandi. Dzyudochi Sharif Xalilov avvalgi oʻyinlardagi kumush medali yoniga bu safar oltin medalni qoʻshib qoʻyishga erishdi.
Umumjamoa hisobida Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoy, Koreya, Yaponiya va Erondan soʻng 5-oʻrinni egalladi.[2]
2018-yil. III Paraosiyo oʻyinlari.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jakarta (Indoneziya)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 6-13-oktabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan Paraosiyo 2018 o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga 53 nafar sportchi sportning 5 turi, yaʼni ogʻir atletika, dzyudo, otish, suzish va yengil atletika bo‘yicha ishtirok etdi.[3] 2019-yil iyul oyida O‘zbekiston doping qoidabuzarligi sababli 2 ta oltin medaldan (biri dzyudodan, biri yengil atletikadan) mahrum qilingan edi.[4]
Oʻzbekiston vakillari umumiy hisobda 77 ta: 35 ta oltin, 24 ta kumush, 18 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Oʻzbekiston vakillari yengil atletika boʻyicha 26 ta (13 ta oltin, 6 ta kumush, 7 ta bronza), dzyudo boʻyicha 14 ta (4 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza), ogʻir atletika boʻyicha 1 ta (1 ta oltin) va suzish boʻyicha 34 ta (15 ta oltin, 13 ta kumush, 6 ta bronza) medallarni qoʻlga kiritishdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „All Sports – Medal Standings“. gzapg2010.cn (official website of the Games). 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-iyun.
- ↑ „Asian Games 2014: Uzbek athletes win four medals“. Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.
- ↑ „Uzbek athletes win 77 medals of Asian Para Games“. 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
- ↑ „Notification of Anti-Doping Rule Violations at Indonesia 2018 Asian Para Games“. Asian Paralympic Committee. 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |