Kontent qismiga oʻtish

Parashyut

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Parashyut (para... va fransuzcha parachute — „qulashga qarshi“) atmosferada qulayotgan obyektni havo qarshiligi yordamida sekinlashtiruvchi moslamadir. Parashutlar yengil, qattiq matodan tayyorlanadi (ipak, neylon kabi). Parashut obyekt vertikal tezligini kamida 75% ga kamaytirishi lozim, aks holda foydalanish mumkin emas. Parashutlar yordamida osmondan yerga turli yuklar, masalan, odam, ulov, oziq-ovqat, bomba, fazoviy kapsulalar tushiriladi.Yuqoridan (mas, samolyotdan) tushayotgan odam yoki yuk tezligini atmosfera qarshiligi hisobiga kamaytiradigan apparat. Leonardo da Vinchi P. gʻoyasini ilmiy asoslab bergan. 18-asrda fransuz J. Mongolfye oddiy P. bilan minoradan sakragan. Hozirgi aviatsiya P.ini Rossiyada birinchi marta G.Ye.Kotelnikov yaratgan (1911). P. gumbaz va osma tizimlardan ibo-rat (rasm). Samolyotdan sakrash, borish qiyin boʻlgan joylarga yuk tashlash, yongʻindan muqofaza xizmatchilarini oʻrmonning yonayotgan joylariga tushirish; maxsus havo-desant qoʻshinlari va harbiy texnikani tashlash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Shunga koʻra, qutqaruv, qoʻndiruv, tormoz va sport P.lari kabi xillarga boʻlinadi. P. pishiq matodan tayyorlanadi.

Vertolyot yoki samolyotdan sakrashda ishlatiladigan P.lar parashyutchi tomonidan tortish halqasini bevosita tortish yoʻli bilan yoki sakrovchining ishtirokisiz ochiladi. Yuk tashlat P.lari odam ishtirokisiz ochiladi. Buning uchun maxsus tizimcha boʻlib, bir uchi samolyotga, ikkinchi uchi tortish halqasiga mahkamlab qoʻyiladi. Parashyutchi samolyotdan tizimcha uzunligicha uzoklashishi bilan halqa tortila-di va P. gumbazi ochiladi. P. gumbazining yuzasi 0,01 dan bir necha ming m2 gacha boʻlishi mumkin. P.ning tushish tezligi 1–5 m/s; 2) lift shaxtasida bosh arqon uzilib ketgan yoki tormoz ishlamay qolgan xrllarda, shuningdek, klet yoʻl qoʻyilgan tezlikdan tez tushganda uni ushlab qoluvchi kurilma.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil