Paraskaridoz
Qiyofa
Paraskaridoz — ot, eshak va xachirlarda uchraydigan invazion kasallik. Ingichka ichak, baʼzan oshqozonda parazitlik qiladigan Parascaris equorun nematoda qoʻzgʻatadi. Kasal hayvonlarning tezagi bilan ifloslangan yem-xashak va suv orqali yuqadi. Asosan, yosh mollar kasallanadi, kasal hayvon yoʻtaladi, burnidan suv oqadi, nafas olishi tezlashadi, tana harorati qisqa vaqt koʻtariladi, ichi qotadi yoki ketadi. Kamqonlik (anemiya) belgilari koʻrinadi; toylar oʻsishi kechikadi yoki toʻxtaydi.
Davolash: piperazin, mebenda-zol, panatur, farantel ishlatiladi.
Oldini olish: mollarni parvarishlash, boqishda veterinariyasanitariya qoidalariga rioya qilish; rejali degelmintizatsiya, yaylovlarni almashtirish va boshqa[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |