PartyChayn Beats nomi bilan tanilgan Parichay, hind-kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiq yozuvchisi, bastakor, prodyuser va jonli ijrochi boʻlib uning 4 ta albomi mavjud[5][6].Koʻp yillik ishtiyoq va fidoyilik bilan u Shimoliy Amerikadagi Bollywood musiqasining kashshoflaridan biri sifatida oʻzini namoyon qildi. Uning maqsadi Sharqiy Hindiston merosini va Kanada taʼsirini musiqa orqali nishonlash edi. Uning betakror ovozi hind va panjob musiqalarini asosiy Hip-hop,R&B,Reggae,Pop va Dancehall bilan birlashtiradi.
Parichay "Chaar Din Ki Chandni" filmida „O Meri Chandni“[1] va „Yamla Pagla Deewana“[7] remikslarida Sunidhi CHauhan bilan hamkorlikda kuylaydi.2016-yilda Bollywoodning „Loveshhuda“ filmidagi 5 ta musiqadan 4 tasini bastalaydi[8][9][1].Bundan tashqari u musiqalarning 3 tasini Vishal Dadlani,Neha Kakkar va Teesha Nigam bilan kuylagan[10].2017-yil iyunda u „Habitaan Vigaad Di“ nomli Nargis Fakhri bilan debyut qilingan yangi qoʻshigʻini chiqardi va bunda kanadalik repper Kardinal Ofshall ham qatnashgan[11].Keyin u xalqaro pop musiqachi Son Kingston ishtirokidagi „Saare Mundeya Nu“ nomli qoʻshiqni chiqardi.[12].Parichay shuningdek, „Kar Gayi Chull“ xit qoʻshigʻi bilan tanilgan repper Fazilpuria bilan „Letʼs Get The Party Started“ ni birga chiqargan[13].
Parichay, shuningdek, aktrisa Sonakshi Sinha bilan Bollyvoodning klassik qoʻshigʻi Tum Mile Dil Khilening remeykida hamkorlik qilgan[14].Ushbu qoʻshiqning yana bir versiyasi ham qoʻshiqchi Jonita Gandi va Parichay tomonidan kuylangan va klipda britaniya-osiyolik model va aktrisa Sangeet Samra ishtirok etgan[15].Pardhaan,Raga,Haji Springer&Ace aka Mumbai ismli repperlar ishtirokida „Champion“ nomli Hip hop trekni chiqardi.2021-yilda Parichay „Moodz“ nomli 4-studiya albomini chiqardi. Albomda 10 ta qoʻshiq boʻlib ularda Jonita Gandi, Happy Singh va Hoji Springerlar qatnashgan[16]
.
↑Team, RnM„R&B singer Parichay to release his new album“. radioandmusic.com. Indiantelevision.com (2012-yil 2-yanvar). — „Parichay is a UK based Indian-born R&B Singer/Producer, his debut album â€?No Boundaries' was launched in India by Times Music.“.