Parilar malikasi
Parilar malikasi (inglizcha: Fairy Queen) — Irlandiya va Britaniya folklorida parilarni boshqaradigan malikda deb ishonilgan afsonaviy qahramon malika. Uilyam Shekspirning asarlari taʼsirida u ingliz tilli madaniyatda koʻpincha Titaniya yoki malika Mab nomi bilan bogʻlaniladi.
Mifologiyada
[tahrir | manbasini tahrirlash]Irlandiya folklorida qirol Finvarraning rafiqasi va sidlarning soʻnggi oliy malikasi Una yoki Unach deb atalgan (inglizcha: Oonagh или Uonaidh), Shimoliy Angliya va Quyi Shotlandiya balladalarida u Elflar, yaʼni parilar malikasi deb nomlangan.
Bu qahramon, shuningdek, Morgan nomi (Arturiana siklidagi pari Morgana) yoki yuqorida aytib oʻtilganidek Mab varianti bilan bogʻliq. Ingliz tilidagi „Bolalar balladalari“ toʻplamga kiritilgan (inglizcha: Child Ballads) „Tam Lin“ va „Qofiyachi Tomas“ nomli ikkita balladada malika nafaqat goʻzal va jozibali, balki qoʻrqinchli va halokatli sifatida ham taqdim etiladi. Afsonalardan biriga koʻra, Parilar malikasi mahliyo qiluvchi goʻzallikda yengil liboslarda oq otda yuradigan goʻzal sayyoh xonim sifatida koʻrinadi[1]. Yana bir afsonada, Parilar malikasi har yetti yilda doʻzaxga soliq toʻlagan. Uning oʻynashlari esa qurbonlar sanalgan. Boshqa bir rivoyatga koʻra, malika oʻzi yoqtirgan erkakni yetti yil muddatga oʻz qirolligiga olib ketishi mumkin, faqat bir shart bilan, erkak u yerda boʻlgan vaqt davomida sukut saqlashi shart. Vaʼdasiga vafo qilib qaytganida u bashorat qila olish kabi gʻayritabiiy qobiliyatlarga ega boʻladi[2]
Adabiyotda
[tahrir | manbasini tahrirlash]William Shakespeare ham Edmund Spenser singari oʻz asarlarida Parilar malikasiga oʻxshash qahramonlarni yaratishda u haqdagi ertaklardan foydalangan: Spenser "Parilar malikasi" poemasida, Shekspir "Yoz tunidagi tush" komediyasida ushbu qahramondan foydalangan. Spenserning „Parilar malikasi“dagi qahramoni Gloriana deb atalgan. Bundan tashqari, Tanakvill nomi bilan ham yozilgan, bu ehtimol, Tarquiniusning rafiqasi Priska nomidan kelib chiqqan.[3] Shekspirning soʻnggi asarida Oberonning rafiqasi boʻlgan parilar malikasi Titaniya deb atalgan. U bu ismni Rim maʼbudasi Diananing epiteti sifatida Ovidiydan olgan. Diana muntazam ravishda demonologik adabiyotlarda parilar qirolligi hukmdori sifatida tasvirlanadi. Masalan, Britaniya qiroli Jakov muallifligida „Demonologiya“da yozilishicha, Parilar malikasi „ruhlarning toʻrtinchi turiga mansub boʻlib, uni butparastlar Diana deb atashgan va uning sargardon saroyi ahlini oramizda parilar yoki bizning yaxshi qoʻshnilarimiz deb atashadi“[4].
J. M. Barri Piter Pan haqidagi eng qadimgi romanlardan biri „Kichik oq qush“da parilar malikasini Mab nomi bilan ataydi. Ammo u ijobiy tusdagi qahramon sanaladi.
Neobutparastlikda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rim Dianasiga oʻxshash, oʻrmon arvohlari malikasi hisoblanib, Charlz Lelandning Aradia (Jodugarlar malikasi) toʻgʻrisidagi kontseptsiyasi asosida paydo boʻlgan ayrim yangi butparastlik harakatlari paydo boʻlishiga taʼsir koʻrsatdi[5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ «Сквозь волшебное кольцо сказок» // пер. с английского Н. В. Шерешевской // М. Правда, 1987. — стр. 307
- ↑ «Сквозь волшебное кольцо сказок» // пер. с английского Н. В. Шерешевской // М. Правда, 1987. — стр. 308—311
- ↑ Andrew Zurcher, Edmund Spenser's the Faerie Queene: A Reading Guide, Edinburgh University Press, Edinburgh, 2011, p.18.
- ↑ Purkis, Diane, „losing Babies, Losing Stories“ in Culture and Change: Attending to Early Modern Women, University of Delaware Press, 2003, p.147.
- ↑ Farrar, Janet and Stewart. Eight Sabbats for Witches. Robert Hale, 1983. ISBN 978-0-919345-26-3.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |