Kontent qismiga oʻtish

Parishad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parishad-Mauriya imperiyasida davlatni boshqarishda podsho aʻyonlari kengashi hisoblanadi.„Artxashastra“da mazkur kengash mantriparishad (podsho vazirlari-mantrinlar majlisi) deb atalgan.Kengash barcha buyruqlarni bajarish va tizimni tekshirish bilan shugʻullangan.Parishaddan tashqari bir necha ishonchli shaxslardan tuzilgan tor doiradagi maxfiy kengash mavjud edi.Zarur ishlarni ko'rib chiqishda ikkala kengashni birlashtirib yigʻilish oʻtkazilar,parishad tarkibi davlat ehtiyojidan kelib chiqar edi.Ashoka davrida Parishad dxarma qonun-qoidalari bajarilishini nazorat qilardi va mamlakat oʻlkalarini tekshirish siyosiy amaldorlar vazifalarini belgilar edi.Parishadda goho qizgʻin tortishuvlar boʻlib turar,goho podsho bilan parishad o'rtasida ham ixtiloflar yuzaga kelar edi.Ayniqsa,Ashoka davrida bunday ziddiyatlar keskin tus oldi[1].

Parishad oʻz imkoniyatlarini keng quloch yoydirishni xohlagan zodagonlar,harbiylar va kohinlardan tashkil topgan edi.Vedalar davrida u tarkib jihatidan ancha keng boʻlib,rojalar siyosatiga ijobiy taʻsir koʻrsatar, demokratiya uslubida ish olib borar edi.Asta-sekin uning tarkibi qisqarib,faqat aslzodalar ishtirok etadigan maslahatchi organga aylanib qoldi.Mauriylar davrida podsho hokimiyati kuchaygan vaqtda ham parishad oʻz mavqeini saqlab qolgan edi[2].

  1. Gʻofurov A. Hindiston.Fagʻona davlat universiteti.2009
  2. शैलेन्द्र सेंगर "प्राचीन भारत का इतिहास", प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशर्स और डिस्ट, २००५
  3. रोमिला थापर भारत का इतिहासा० प्रकाशक : राजकमल प्रकाशन, २००८
  4. विपिन चन्द्र आधुनिक भारत का इतिहास० प्रकाशक: ओरिएंट ब्लेकस्वान, २००९
  5. پانهی تاریخ قدیم بندوستان " نگارشت پبلش
  6. . ڈاکٹر مبارک علی تاریخ اور آج کی دنیا " ، فکشن باؤس لابور ۲۰۰۵
  1. „Hindistondagi Maurya imperiyasi“.
  2. „Qadimgi Hindistondagi Veda dini“.