Kontent qismiga oʻtish

Parusina

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Parusina (rus. parus — yelkan) — zigʻir tolali yoki yarim zigʻir tolali qalin va zalvor mato. Yoʻgʻon kalava ipdan polotno oʻrilishda toʻqiladi (qarang Oʻrilish). Dastlab, asosan, yelkanlar tayyorlash uchun ishlatilgan (nomi shundan). Hozir texnik maqsadlarda (yelkan, brezent, poyabzal va boshqa uchun), ish kiyimlari, maxsus kiyim-boshlar tikish uchun ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil