Parvarda
Qiyofa
Milliy oshxona |
Oʻzbek oshxonasi Tojik oshxonasi |
---|---|
Retsepti |
shakar oliy nav bugʻdoy uni oʻsimlik yogʻi limon kislotasi |
Parvarda — shirinlik turi. Tayyorlash usuli: shakar, oliy nav bugʻdoy uni, oʻsimlik yogʻi, limon kislotasi olinadi. Qozonga shakar va suv solib (shakar miqdoriga nisbatan suv 30—40%) qaynatiladi, qaynash 8—10 minut davom etgach, limon kislotasi qoʻshiladi, qaynash qozondagi massa namligi 3—3,5% qolguncha davom ettiriladi. Pishirish oxirida qozondagi qandolatga choʻzish stanoklarida ishlov beriladi, yaʼni yostiqcha shaklida kesiladi va 20—25° haroratda unga boʻlanib, 18—24 soatga sovitiladi. Soʻngra maxsus qutichalarga solinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |