Kontent qismiga oʻtish

Parvonachi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parvonachi — hukmdor farmoni va buyruqlarini bituvchi kotib. 1) Xiva xonligida qozi va inoqdan keyingi oliy darajadagi saroy mansabdori. P. mansabi saltanat uchun buyuk xizmatlari evaziga xon tomonidan inʼom tar-zida berilgan. P. vafotidan soʻng uning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri farzandi tay-inlangan, unga zardoʻz liboslar, ol-tin pichoq va tulpor ot tuhfa kilingan. 2) Buxoro xonligida P. amirning tayanchi hisoblangan oliy lavozimlardan biri, otaliq hamda devonbegidan keyingi 3mansabdor shaxs. P. amir tomonidan chiqarilgan yorlikdarni arkoni davlat hamda beklarga taqdim etgan, ayni chogʻda xonlikda yashovchi arablar ishi bilan shugʻullanish uchun masʼul hisoblangan. Yuqori mansabga tayinlangan amaldor P. takdim etgan farmonni 3 kun mobaynida oʻz sallasiga qistirib yurishi lozim boʻlgan. Amir qabulxonasida P. uchun maxsus oʻrindiq boʻlgan. P. baʼzan harbiy harakatlarda ishtirok etib, muayyan qismlarga qoʻmondonlik qilgan. 3) Qoʻqon xonligida saroy mansabi. P.lar viloyatni ham boshqarish huquqiga ega boʻlganlar. Masalan, 1844-yil Chust hokimi Rahmatulloh P. edi.

  • Semyonov A., Buharskiy traktat o chinax i zvaniyax i ob obyazannostyax nositeley ix v srednevekovoy Buhare, Sovetskoye vostokovedeniye, t.5, 1948; Mirza Badi, Divan. Madjma al-arkam ("Predpisaniya fiska")(Primeri dokumentatsii v Buhare XVIII v.). Faksimile rukopisi. Vvedeniye, perevod, primechaniya i prilojeniya A.B. Vildanovoy, M., 1981; Beysembiyev T.K., "Ta’rixi Shaxruxi" kak istoricheskiy istochnik, Alma Ata, 1987.

Hamidulla Dadaboyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil