Kontent qismiga oʻtish

Parvonalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parvonalar (Pyralidae) — kapalaklar oilasi. 20 mingga yaqin turi maʼlum. Qanotlari yoyilganda 1—5 sm; ol-dingi qanoti uchburchak shaklida yoki ensiz uzunchoq, orqa qanoti esa keng boʻlib, cheti kalta shokilali. Barcha qitʼalarning, asosan, choʻl, quruq dasht, chalovzor va oʻtloqlarida tarqalgan. Koʻpchiligining qurtlari oʻsimlik ichida (ildiz, kurtak, meva va boshqalar) yoki oʻralgan barglarda yashaydi. Hammaxoʻr. P.dan oʻtloq va poya parvonalari, shuningdek, dukkakli ekinlarga akatsiya parvonasi, don va turli ombordagi mahsulotlarga ombor parvonalari zarar keltiradi (qarang Ombor zararkunandalari).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil