Kontent qismiga oʻtish

Pashtisada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pashtisada (kro xorvatcha: Pašticada — mol goʻshtidan tayyorlanadigan va Xorvatiyada mashhur boʻlgan maxsus qaylali xorvat milliy taomi[1][2][3]. Taom koʻpincha Dalmasiya pashtisadasi deb ham ataladi, chunki u aynan Dalmasiyadan kelib chiqqan. Ushbu taom muhim bayramlar, shu jumladan toʻylar taomnomasining ajralmas bir qismidir. Pashtisada odatda nokki yoki keng enli uy ugrasi bilan birga dasturxonga tortiladi. Pashtisadani Xorvatiya oshxonasining choʻqqisi deb ataydilar[4].

Bu eski retseptlarga koʻra, bir necha kun davom pishiriladigan, sabr-toqatni talab qiluvchi, tayyorlash jarayoni koʻp bosqichli goʻshtli taomidir. Pashtisada mol yoki buzoq goʻshtidan tayyorlanadi. Shuningdek, ot va ilvasin goʻshtidan pashtisada tayyorlash mumkin ekanligi ham maʼlum. Birinchi bosqichda goʻsht xushboʻy sirka bilan marinadlanadi. Ikkinchi bosqichda goʻsht boʻlagi qovuriladi. Uchinchi bosqichda, goʻsht sukatlar, koʻp hollarda qora olxoʻri va qalampirmunchoq, muskat yongʻogʻi, dafna yaprogʻi, qalampir kabi ziravorlar, Proshek vinosi qoʻshilgan qaylada pishiriladi. Sabzavotlar pishirgandan soʻng qayla bilan aralashtiriladi. Eski retseptlarda taomni pishirgandan keyin darhol stolga tortmaslik kerakligi aytiladi. Goʻshtni sovutish, toʻrtburchak shaklda kesish, yana bir bor qovurish va gʻalvirdan oʻtkazilgan qayla bilan dasturxonga tortish kerak.

Pashtisadaning kelib chiqishi haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Dubrovnikda yozilgan eng qadimgi retsept 15-asrga toʻgʻri keladi[5].

Dalmatiyaning Veliko Brdo qishlogʻida, qirgʻoq boʻyidagi Makarska shahri yaqinida joylashgan Biokovo etagida 30-sentabr kuni nishonlanadigan qishloq homiysi — Avliyo Ieronim kunini nishonlash vaqtida dasturxonga anʼanaviy tarzda pashtisada tortiq etilgan.

  1. „Dalmatinska pašticada babe Nane na kaštelanski način“ (hr). Coolinarika. Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.
  2. „Pašticada“ (hr). gastrodiva.bloger.index.hr (2017-yil 10-may). 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.
  3. „Pašticada“ (hr). recepti.hr (2012.). Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
  4. „Gastronomiya“. 2021-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-may.
  5. The hirshon croatian beef-stew — Pasticada/

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]