Chumchuqlar
Qiyofa
(Passerdan yoʻnaltirildi)
Chumchuqlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Chumchuqlar (Passer) – toʻqimachilar oilasiga mansub qushlar urugʻiga mansub[1]. 17 turi bor. Rangi har xil: qora, oq, jigarrang va sariq tusi koʻproq. Narining tomogʻi qora. Oʻtroq, koʻchib yuruvchi va mavsumiy qushlar. Daraxt, bino va boshqa joylarga uya quradi. 3–6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 11–12 kun bosadi. Oʻsimlik urugʻlari va mevalari bilan oziqlanadi; odatda, joʻjalarini hasharotlar bilan boqadi. Afrika, Yevropa, Osiyoda topilgan. Oʻzbekistonda hind chumchugʻi, dala chumchuq, qora tomoq chumchuq, saksovul chumchugʻi uchraydi. Chumchuqlar – donli ekinlarning xavfli zararkunandalari. Chumchuqlarga qarshi kurashda kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tawny Eagle - Aquila rapax“ (deadlink). The Eagle Directory. 2016-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |