Kontent qismiga oʻtish

Past temperaturalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Past temperaturalar — kriogen temperaturalar — suyuq havoning qay-nash temperaturasi (80K) dan past temperaturalar; Xalqaro sovuqlik institutining 1971-yildagi 13 kongress ida qabul qilingan tavsiyaga binoan, 120 K dan past temperaturalar. Mutlaq nol temperatura (—273° yoki OK.) dan hisoblanib, kelvinda ifodalanadi. Past temperaturalarni hosil qilish va saqlab turishda, odatda, suyultirilgan gazlardan foydalaniladi. Buning uchun maxsus qurilma — suyultirgichlar ishlatiladi. Atmosfera bosimida bugʻlanib tu-ruvchi suyuq gazlar Dyuar idishlari (suyuq gazning normal qaynash temperaturalari Tl yaxshi saqlanadigan idishlar) da saqlanadi va ularning qaynash temperaturasi TN vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmasdan qoladi. Amalda quyidagi suyultirilgan gazlardan foydalaniladi: (Tl,=90,2K), havo (Tw=80K), azot (T„=77,4K), vodorod (T„=20,4K) va geliy (T„=4,2K). Maxsus qurilmalar yordamida idishdagi bugʻlanayotgan suyuq gazni soʻrib olib, suyuqlik ustidagi bosimni kamaytirish va shu bilan uning kaynash temperaturasini pasaytirish mumkin. Shunday qilib, qaynayotgan suyuklik ustidagi bosimni oʻzgartirib, uning temperaturasini pasaytirish va shu yoʻl bilan yanada past temperaturalar olish mumkin. 1932-yilda 0,73K temperatura olingan. 0,ZK dan past temperaturalar sohasi oʻta Past temperaturalar deb qabul qilingan. Oʻta Past temperaturalarni olishda paramagnit tuzlarni adiaba-tik magnitsizlantirish usuli keng qoʻllanadi. Bu usulni 1926-yilda P. Debay va V.Jiok kashf etgan. 630,74° dan 13,81 K gacha boʻlgan temperaturalar, xususan, platinadan yasalgan qarshilik termometrlari yordamida 0,001 K gacha aniklik bilan oʻlchanadi. Bu termometrlar platina elektr karshiligining temperaturaga bogʻliklik qonuniyatiga asoslangan. 100K dan past temperaturalarni oʻlchashda toza germaniydan yasalgan karshilik termometrlari qoʻllanadi. 0,3—5,2 K soha uchun geliy toʻyingan bugʻ bosimining temperaturaga bogʻliqlik qonuniyatidan foydalanish mumkin. 1K dan past temperaturani kvant statistikasi, yaʼni energetik sathlarning elektronlar bilan toʻlganlik darajasini aniklash usullari orqali oʻlchanadi.

Past temperaturalardan gazlarni ajratib olish (mas, havoni suyultirib kislorod va azot olish)da, katta hajmdagi yuqori vakuum hosil qilishda foydalaniladi. Elektrotexnika va radiotexnika qurilmalaridagi shovqinlarni yoʻqotishda keng qoʻllanadi. Past temperaturalardan oʻta oʻtkazuvchan oʻtkazgichlar tayyorlashda va shu orqali zaryadlangan zarralarning tezlatkich uchun muhim boʻlgan kuchli magnit maydonini hosil qilishda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Abror Noʻʼmonxoʻjayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil