Pat Cipollone
Pat | |
---|---|
Pasquale Anthony "Pat" Cipollone | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1966-yil 6-may AQSh, Nyu-York |
Siyosiy partiyasi | Respublikachilar partiyasi |
Taʼlim |
Fordham University (BA) University of Chicago (JD) |
Pasquale Entoni " Pet " Cipollone[1][2] - amerikalik advokat, Prezident Donald Trumpning Oq uyda maslahatchisi bo'lib ishlagan.
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cipollonening otasi italiyalik muhojir va zavodning oddiy ishchisi edi. Onasi uy bekasi edi. U bolaligining ko'p qismini Bronksda o'tkazdi.[3] Oilasi Shimoliy Kentukkiga ko'chib o'tdi va u yerda 1984-yilda Kovington katolik o'rta maktabini tamomladi.[4] U 1988- yilda Fordham universitetini iqtisod va siyosat falsafasining sinf valediktorligi bo'yicha bakalavr darajasiga ega bo'lgan. U Chicago universitetining huquqshunoslik fakultetida o'qigan. U yerda Chikago universitetining huquqshunos muharriri bo'lib ishlagan va 1991-yilda huquqshunoslik doktori unvonini olgan.[5]
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1991-1992-yillarda Qoʻshma Shtatlarning Oltinchi Apellyatsiya sudi sudyasi Denni Boggsning yordamchi sudyasi bo'lib ishladi.1992–1993-yillarda Bosh prokuror Wiliam P. Barrning yordamchisi boʻlib ishlagan.[6]
Cipollone "Kirkland & Ellis" yuridik firmasi bilan ishlagan va Oq uy maslahatchisi lavozimini egallashdan oldin "Stein", "Mitchell", "Cipollone", "Beato & Missner" kompaniyalarida va tijorat sudlarida ham ishlagan.[7] Uning mijozlari orasida Prezident Donald Trump, "Radio Ingraham LLC" va "Sony Entertainment" bor edi.[8]
Cipollone matbuot xabarlariga ko'ra, 2017–2018- yillarda 6,7 million dollar daromad olgan.[8][9][10]
Oq uy maslahatchisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cipollone 2018-yil oktabr oyida prezident Donald Trump tomonidan Oq uy maslahatchisi etib tayinlangan.[11][12] U 2018-yil 17-oktabrda lavozimini tark etgan Don MakGahnning oʻrniga keldi.[13][14][15] Cipollone rasman 2018-yilning 10-dekabrida bu vazifani oʻz zimmasiga oldi.[16]
Oq uy maslahatchisi sifatida, Cipollone Oq uyning Donald Trumpga impichment bo'yicha shug'ullanuvchi asosiy xodimi edi. 2019-yil oktabr oyida u Demokratik partiyasi rahbarlariga impichment bo'yicha sakkiz betlik xatni yozib imzoladi. U ijro hokimiyati haqida keng fikr bildirdi va demokratlarning xatti-harakatlarining qonunlarga putur yetkizishi haqida yozadi.[17] Bu maktub prezident Trumpning Vakillar palatasining impichment boʻyicha surishtiruviga toʻsqinlik qilganligi haqidagi ayblovga javob sifatida yozilgan edi.[18] 2019-yil dekabr oyida Cipollone Vakillar palatasining sud qo'mitasi raisi Jerry Nadlerning Oq uy yoki Trumpning o'zi yig'ilishda ishtirok etish talabiga javoban ikkita xat yozdi. Uning soʻzlariga koʻra, Trump ishtirok etmaydi, chunki rejalashtirilgan tinglovlar “prezidentga adolatli jarayon koʻrinishini taqdim etmaydi” va surishtiruv “mutlaqo asossiz”.[19][20]
2020-yil 14-yanvarda Cipollone impichment boʻyicha sud ishida prezident Donald Trampni himoya qiluvchi advokatlar jamoasiga biriktirildi.[21] Senatda impichment bo'yicha sud jarayonida Cipollone Kongressni bir qator masalalar bo'yicha chalg'itdi. Jumladan, respublikachi partiyasining kongress a'zolari impichment so'rovi masalasidagi yig'ilishga kiritilmagan deb yolg'on da'vo qildi.[22]
2020-yilgi saylovlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil yanvar oyida Cipollone Oq uyda boʻlib oʻtgan yigʻilishda qatnashgan. U yerda bosh prokuror vazifasini bajaruvchi Jeffrey A. Rozenni Adliya vazirligi fuqarolik boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Jeffrey Clark bilan almashtirish taklifiga qarshi chiqqan. Clark, Rozendan farqli o'laroq, Trumpning saylovlardagi firibgarlik haqidagi da'volarini ko'rib chiqishga va Trumpga 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilish bilan yordam berishga tayyor edi. Xususan, Clark Jorjiya shtati qonunchilariga, o'z shtatlarida Baydenning g'alabasini bekor qilishga chaqiruvchi xat yubormoqchi edi va Cipollone bunga keskin e'tiroz bildirdi.[23]
Trump 2021-yil 6-yanvarda AQSh Kapitoliysiga hujumga sabab boʻlgan hokimiyatda qolish sxemalarini amalga oshirgan boʻlsa-da, Cipollone va uning jamoasi aʼzolari prinsipial ravishda isteʼfoga chiqish bilan tahdid qilgan.[24]
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cipollone - katolik. National Catholic Prayer Breakfast asoschisi va "Catholic Information Center" boshqaruvi a'zosi.[25][26][27] Uning oʻn nafar farzandi bor.[28] Cipollonening qizlaridan biri "The Ingraham Angle" uchun kutubxonachi bo'lib ishlaydi.[29]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Laviola. „Pat Cipollone's Family: 5 Fast Facts You Need to Know“. Heavy.com (2020-yil 21-yanvar).
- ↑ Haberman, Maggie. „Pat Cipollone: White House Counsel Who Will Help Lead Trump Legal Team“. The New York Times (17-yanvar 2020-yil).
- ↑ Williamson, Elizabeth. „As White House Counsel, Pat Cipollone Builds Case for Defiance on Impeachment“. The New York Times (9-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2019-yil.
- ↑ Williams, Jason. „Who knew? Trump's top White House attorney is Covington Catholic High School graduate“. Cincinnati Enquirer (23-yanvar 2019-yil).
- ↑ „Pat A. Cipollone Executive Profile“. Bloomberg News. S&P Global. 2018-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-oktyabr.
- ↑ Salama, Vivian. „Trump Likely to Name Pat Cipollone as Next White House Counsel“. Wall Street Journal (13-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Pat Cipollone profile“. Stein, Mitchell, Cipollone, Beato & Missner. 2018-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-oktyabr.
- ↑ 8,0 8,1 Scarcella. „White House Counsel Pat Cipollone's Financial Disclosure Shows $6.7M Income“ (en). National Law Journal (2019-yil 22-aprel). Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "NLJ" defined multiple times with different content - ↑ „Cipollone, Pat_2019 New Entrant_Under WH Review.pdf“. citizensforethics.org. Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ Choma. „Why can't the top White House lawyer get his financial disclosure approved?“. Mother Jones (2019-yil 13-dekabr).
- ↑ Perez. „Trump to name Pat Cipollone as White House counsel“. CNN (2018-yil 13-oktyabr). 2019-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Read the transcript of AP's interview with President Trump“. AP NEWS (2018-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ Schmidt, Michael S.; Haberman, Maggie. „McGahn, Soldier for Trump and Witness Against Him, Leaves White House“ (en-US). The New York Times (17-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2019-yil.
- ↑ de Vogue. „Don McGahn out as White House counsel, sources say“. CNN (2018-yil 18-oktyabr). 2019-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-oktyabr.
- ↑ Betz. „Don McGahn leaves as White House counsel, Emmet Flood steps into role“. Fox News (2018-yil 18-oktyabr). 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-oktyabr.
- ↑ Easley, Jonathan. „The Hill's Morning Report — Trump shakes up staff with eye on 2020, Mueller probe“. The Hill (10-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Letter from White House counsel Pat Cipollone to House leaders“. The Washington Post (8-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2019-yil.
- ↑ Freifeld. „White House lawyer in Trump trial is both defender and key witness to events“. Reuters (2020-yil 21-yanvar).
- ↑ Cochrane, Emily. „Trump's Lawyers Won't Participate in Impeachment Hearing on Wednesday“. The New York Times (1-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2019-yil.
- ↑ Haberman, Maggie; Fandos, Nicholas. „White House Signals Trump Won't Mount House Impeachment Defense“. The New York Times (6-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2019-yil.
- ↑ O'Reilly. „Trump's impeachment trial team: Who are the lawyers defending the president?“ (en-US). Fox News (2020-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
- ↑ Levin. „Adam Schiff Shreds Trump Lawyer Pat Cipollone for Outright Impeachment Lies“. Vanity Fair (2020-yil 21-yanvar).
- ↑ Zapotosky, Matt; Barrett, Devlin; Leonnig, Carol D.. „Trump entertained plan to install an attorney general who would help him pursue baseless election fraud claims“ (en-US). Washington Post (23-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.
- ↑ Haberman, Maggie. „Jared and Ivanka, Without the Power or the Masks“ (en-US). The New York Times (2022-yil 10-iyun). Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
- ↑ Laviola. „Pat Cipollone: 5 Fast Facts You Need to Know“. heavy.com (2018-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ „Q&A with Laura Ingraham“. CSPAN (2005-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 13-oktyabr.
- ↑ „How Radio Star Talked Her Way Into the Church“ (en). NCR. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
- ↑ Ordoñez. „Trump Impeachment Trial Turns Spotlight On White House Lawyer Cipollone“. NPR (2019-yil 23-dekabr).
- ↑ Strickler. „Former Stein Mitchell Partner Touted as White House Counsel Problem Solver“. Stein Mitchell Beato & Missner LLP (2019-yil 22-may). Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Stein, Mitchell, Cipollone, Beato va Missner profili (Wayback Machine saytida 2018-09-15 sanasida arxivlangan) Archived -da arxivlangan
- C Appearances