Kontent qismiga oʻtish

Pataliputra

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pataliputra — Kda. Hindistondagi shahar, qad. dunyoning eng buyuk shaharlaridan biri (taxminan 16x3 km maydoni ni egallagan). Anʼanaga koʻra, miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida podsho Ajatashatru tomonidan Lichchxavlar davlatiga qarshi qalʼa sifatida bunyod etilib, tez orada Shimoliy Hindistondagi eng muhim savdo, xunarmandchilik va madaniy markazga va Ma-gadxa davlatining poytaxtiga aylangan. P.Nandlar, Mauriyalar, Shunglar, Gup-talar imperiyasining poytaxti boʻlgan. Guptalar xukmronligining oxirida (5—6-asrlar) P. tanazzulga uchrab, harobaga aylangan. P. harobalari yaqinida, Gang daryosi boʻyida, hozirgi Patna shahri kad. koʻtargan. Arxeologik qazishmalar natijasida P.dan Mauriyalar saroyiga tegishli yogʻoch va gʻishtdan ishlangan binolar, koʻplab sanʼat obidalari to-pilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil