Kontent qismiga oʻtish

Patnisi naqsh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Patnisi naqsh - naqsh turi; toʻrtburchak shakl ichiga patnis shaklini eslatuvchi (naqshning nomi shundan) yakka yoki qoʻsh tanob chiziladi, qolgan qismi islimiy naqsh bilan toʻldiriladi. Baʼzan qoʻsh tanob oraligʻi enli (keng) olinib ichiga islimiy naqshlar ishlanadi, bu naqshlar boshqa islimiylardan alohida mustaqil boʻladi. Tanobning sirti bilan ichidagi islimiy naqshlar bir-biriga ulanishi yoki mustaqil boʻlishi ham mumkin. Agar islimiy naqshlar bir-biriga bogʻliq boʻlsa, mujassamotning asosi boʻlgan qoʻsh tanob tagidan oʻtadi (qoʻsh tanob birinchi, islimiy naqsh ikkinchi da-rajali boʻladi). Mujassamotda tanob naqsh zaminini ajratib rang jihatidan boyishiga xizmat qiladi. Oʻyma naqshlarda tanoblar oʻzining nursoyasi va toʻgʻri, egri chiziqdan hosil boʻlgan shakli bilan mujassamotda ajralib, koʻzga yaqqol tashlanadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil