Patom togʻligi
Qiyofa
Patom togʻligi - Rossiya Federatsiyasi Irkutsk viloyatidagi togʻlik. Gʻarb, jan. va sharqda Vitim va Lena daryolari vodiysi orasida yotadi. Balandligi 1200–1300 m (eng baland joyi Longdor togʻi, 1924 m). Proterozoyning kristalli slanets, ohaktosh va kvarsitlaridan, shim. quyi paleozoy jinslaridan tarkib topgan. Yon bagʻirlari 900–1100 m balandlik-kacha kedr aralash qaragʻay taygasi, undan yuqorisi pakana kedr va qayin bilan, 1200 m dan yukrrisi toshloq tundra bilan qoplangan. Oltin konlari va qurilish materiallari bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |