Kontent qismiga oʻtish

Patrice de MacMahon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

MAK-MAGON (Mac-Mahon) Mari Edm Patris Moris (1808.13.6, Syulli, Sona va Luara departamenti — 1893.17.10, La-Fore, Luara departamenti) — Fransiya marshali, gersog , Fransiya Prezidenti (1873—79). M.-M. Qrim urushi (1853—56) qatnashchisi; Avstriya-Italiya-Fransiya urushi (1859) da Majent shahri boʻsagasidagi galaba uchun gersog va marshal unvonini olgan. 1864—70 yillarda Jazoir general-gubernatori. Fransiya-Prussiya urushi (1870—71)da Sedan shahri yonida maglubiyatga uchragan armiyani boshqargan; Parij kommunasini bostirgan versalchilar qoʻshiniga qoʻmondonlik qilgan (1871). Maglubiyatga uchragan monarxik toʻntarishni tayyorlashda qatnashgach, isteʼfoga chiqqan (1879).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil