Pavel Aleksandrov
Qiyofa
Aleksandrov Pavel Sergeyevich (1896.25.4, Noginsk - 1982.17.12, Moskva) — rus matematigi. Akademik (1953). Topologiyadan ilmiy maktab asoschisi. 1921 y.dan Moskva untida ishlagan. Moskva Matematika jamiyati prezidenti (1932—64), 1964 y.dan shu jamiyat faxriy prezidenti. Asosiy ilmiy ishlari topologiyaga va haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasiga bagʻishlangan. Bikompakt fazolar nazariyasini yaratgan, qator "ikkilamchilik qonunlari"ni isbot qilgan va hokazo. Umumiy topologiyaning bir qancha tushuncha va teoremalari A. nomi bilan yuritiladi. AQSH Milliy FA aʼzosi (1947).[1]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |