Kontent qismiga oʻtish

Pavel Chupikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tavalludi 1913-yil 21-dekabr
Toshkent, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1987-yil 23-iyun
Moskva, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari Flag of the Soviet Air Force aviatsiya
Xizmatdagi yillari 1931-1976
Mukofotlari

Pavel Fyodorovich Chupikov (1913-yil 21-dekabr — 1987-yil 23-iyun) — Sovet qiruvchi uchuvchisi va harbiy qoʻmondon, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni. Aviatsiya general-polkovnigi.

Pavel Fyodorovich 1913-yil 21-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1929-yilda maktabni tugatgach, Toshkent teplovoz taʼmirlash zavodida ishlagan.

Chupikov 1931-yil may oyidan Qizil armiyada koʻngillilar safida xizmat qilgan. 1932-yilda Volskdagi 2-harbiy aviatsiya texnik maktabini tamomlagan. 1932-yil avgustdan Ukraina harbiy okrugi (Kiyev) Harbiy-havo kuchlarining 31-aviatsion eskadronida xizmat qilgan. 1934-yil aprel oyida butun eskadron Krasnoyarskka koʻchirildi. Pavel 1937-yil noyabrdan Uzoq Sharqda xizmat qilgan. 1938-yil iyul-avgust oylarida Xasan koʻli yaqinidagi janglarda qatnashgan va buning uchun Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

Ulugʻ Vatan urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pavel Chupikov 1941-yil 23-iyundan Ulugʻ Vatan urushi janglarida qatnashgan[1]. Polk Gʻarbiy frontda 47- va 23-aralash aviatsiya diviziyalari tarkibida I-16 qiruvchi samolyotlarida jang qilgan. Kapitan Chupikov urushning toʻrtinchi kuni oʻzining birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. 1941-yil 25-iyunda Lepel yaqinida bir guruhda nemis bombardimonchi samolyotini urib tushirdi. 1941-yil sentyabr oyida 170-qiruvchi qanotning navigatori etib tayinlanadi.

1942-yil iyuldan Janubiy, Kavkazorti va Shimoliy Kavkaz frontlarida 4-havo armiyasining 40-qiruvchi aviatsiya polkining qoʻmondoni lavozimida faoliyat olib borgan. Polk Kavkaz jangida qahramonlarcha jang qildi. Oʻzining 52 ta samolyotini yoʻqotdi va dushmanning 123 samolyotini (shundan 95 tasi havo janglarida urib tushirildi) qirib tashladi.

Mayor Chupikov 194-yil aprel oyidan Voronej frontining 2-havo armiyasi tarkibiga kirgan gvardiya polkiga qoʻmondonlik qildi (oktabrdan 1-Ukraina fronti). Uning qoʻmondonligi ostida polk Kursk va Dnepr janglarida muvaffaqiyatli qatnashgan.

Pavel Fyodorovich 1943-yil 31-oktyabrdan 1943-yil 5-dekabrgacha 2-havo armiyasining 8-gvardiya qiruvchi aviatsiya diviziyasiga komandir vazifasini bajaruvchi qoʻmondon oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

1944-yil mart oyidan urush oxirigacha 1-Belorussiya fronti 16-havo armiyasining 19-qiruvchi aviatsiya polkining qoʻmondoni boʻlib xizmat qiladi. Bu Qizil Armiya Harbiy-havo kuchlarining eng yaxshi qiruvchi askarlaridan tashkil topgan noyob polk boʻlib, polkning asosiy vazifasi nemis aviatsiyasini „erkin ov“ usuli bilan yoʻq qilish edi. U norasmiy ravishda „Marshal polki“ deb nomlangan. Chunki, polkni Qizil Armiya Harbiy-havo kuchlari bosh qoʻmondoni, havo bosh marshali A. A. Novikov boshqargan[2]. Sovet Ittifoqi Qahramoni Lev Shestakov vafot etgan soʻng, uning oʻrniga podpolkovnik Chupikov polk komandiri etib tayinlangan[3]. Belarussiya, Serotskaya, Visla-Oder, Sharqiy-Pomeranskaya va Berlindagi hujum operatsiyalarida polkga qoʻmondonlik qilgan[4].

  1. Коллектив авторов. . 
  2. Bogdanov P. A. Polk nazivalsya „marshalskiy“ — M., 2016. — 244 s.
  3. Kumanichkin A. S. Chtobi jit… Kupsov N. S. Vozdushnie rabochie voyni. Nikolaev M. A. Dobrovolsi, shag vpered! — M.: Mol. gvardiya, 1987. — 335 s. — (Letopis Velikoy Otechestvennoy).
  4. Пред. Гл. комиссии Н. В. Огарков „Проскуровский истребительный авиационный полк“, . Советская Военная Энциклопедия: [В 8 томах], 105000 экз, Москва: Воениздат, 1978 — 578-bet.