Kontent qismiga oʻtish

Pavel Marakulin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pavel Marakulin
Tavalludi
Павел Павлович Маракулин

1937-yil 20-may
Vafoti 2017-yil 9-yanvar
Kirov, Rossiya
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya

Pavel Pavlovich Marakulin (1937-yil 20-may, Gorkiy – 2017-yil 9-yanvar, Kirov) – sovet va rus shoiri, nosiri, jurnalisti. 1971-yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

1937-yil 20-mayda Gorkiy shahrida avtomobil zavodining ishchisi oilasida tugʻilgan. Pavel Marakulinning bolalik davri Petreni qishlogʻida oʻtgan, urush paytida esa Verxodvore qishlogʻidagi buvisinikida yashagan[1]. U Kirov viloyatining Murashi tumanidagi Starovercheskaya stansiyasida yetti yillik maktabni tugatgan. O‘rmon xoʻjaligida ishlab, kechki ishchi yoshlar maktabida tahsil olgan, soʻngra Kirovdagi hunar bilim yurtida oʻqigan va zavodda elektr montajchisi boʻlib ishlagan. Sovet armiyasidagi xizmatdan soʻng zavodga qaytib kelgan. Televideniye va gazetada faoliyat yuritgan. Keyinchalik, Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kirib, uni tamomlagan. Ilya Selvinskiyning ijodiy seminarida ishtirok etgan[2] .

1966-yilda Selvinskiyning yoʻl-yoʻriq soʻzi bilan „Snegiri“ nomli she’rlar toʻplamining birinchi kitobi chop etildi. 1970-1980-yillarda uning kitoblari Kirov, Gorkiy va Moskvadagi „Sovremennik“ nashriyotida („Dom pod zvyozdami“ nomli kitob ham shular jumlasidan) nashr qilindi. Shuningdek, lirik nasr asarlarini ham eʼlon qildi („Tixaya rodina“ toʻplami).

1971-yildan boshlab SSSR Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi boʻlgan. 1981-yilda esa KPSS saflariga qoʻshilgan[3].

1992-yilda „U medvedya vo boru“ nomli qoʻziqorinlar haqidagi kitob, 2007-yilda esa „Za oknami Dimkovo“ deb nomlangan tanlangan asarlar toʻplami chop etildi. Pavel Pavlovich Marakulin yigirmaga yaqin she’riy va lirik nasr kitoblarining muallifidir. Pavel Marakulin „Dom na reke detstva“ kitobi uchun N. A. Zabolotskiy nomidagi Butunrossiya mukofotiga sazovor boʻlgan[4].

2017-yil 9-yanvarda Kirovda vafot etdi.

  1. „Юрьянская центральная районная библиотека им. С. И. Сычугова. Маракулин Павел Павлович“. 2018-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.
  2. Literaturniy Kirov: Pisateli Vyatskoy zemli. – Kirov: Kirovskoe otdelenie Volgo-Vyatskogo kn. izd-va, 1972. – [Pavel Pavlovich Marakulin]. S.50—52. – 64 s.
  3. Yevgeniy Dmitrievich Petryaev: Biobibliograficheskiy ukazatel. Gosarxiv Kirovskoy oblasti. – Kirov, 2005. – S. 48-49 [1981 god. O priyome P. P. Marakulina v chleni KPSS].; 80 s.
  4. „Литературная премия Правительства Кировской области имени русского поэта Николая Заболоцкого“. 2021-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.