Kontent qismiga oʻtish

Pavel Yablochkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pavel Nikolayevic Yablochkov (1847-yil 2 [14]-sentyabr, Saratov guberniyasi Serdobskiy uyezdi – 1894.19(31).3, Saratov] – elektrotexnika sohasidagi rus ixtirochisi, harbiy muhandis. Yoyli lampa – „Yablochkov shami“ni ixtiro etib (1876), elektr chiroqqa asos soldi va uni patentladi. Uni choʻgʻlantirish uchun oʻzgaruvchan tokdan foydalandi. Yablochkov oʻzgaruvchan tok elektr mashinasining original konstruksiyasini ishlab chiqdi; u 1876-yilda transformatorni ixtiro qildi. Yablochkov yoyli lampalarning bir necha konstruksiyasini yaratdi. 1880-yildan elektr sham oʻrnini T.Edison ixtiro qilgan choʻgʻlanma lampa egalladi. Yablochkov turli elektr toki generatorlari – dinamomashinalar, galvani elementlarini ham loyihalagan.