Kontent qismiga oʻtish

Pavlo Tichina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pavlo (Pavel) Grigoryevich Tichina [1891.15.(27).1, hozirgi Chernigov viloyati, Ukraina – 1967.16.9, Kiyev] – ukrain shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ukraina Fanlar akademiyasi akademigi (1929), Ukraina Oliy Majlisi raisi (195359), SSSR Oliy Soveti Millatlar Soveti raisi oʻrinbosari (195462). 1918-yil „Quyoshli klarnetlar“ sheʼriy kitobi nashr qilingan. „Ukrainadan esgan shamol“ (1924), „Chernigov“ (1931), „Yagona oila tuygʻusi“ (1938), „Poʻlat va nafosat“ (1941) kabi sheʼriy toʻplamlarida vatanparvarlik va tinchlik motivlari ifodalangan. „Kotovskiy qilichi“ (1938), „Shevchenko va Chernishevskiy“ dostonlari (1939) muallifi. „Yengmoq va yashamoq“ (1942), „Doʻstni dafn etish“ (1943) sheʼr va dostonlari Ikkinchi jahon urushiga bagishlangan. Urushdan keyingi davrda dolzarb mavzudagi sheʼriy asarlar, bolalar uchun ertaklar hamda adabiyotshunoslik masalalariga oid maqolalar yozgan. „Tanlangan asarlari“ (1957,3 jildli) uchun T. G. Shevchenko nomidagi Ukraina Davlat mukofoti berilgan (1962). Ayrim sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.