Paxta terish mashinalari
Paxta terish mashinalari -ochilgan paxtani terish uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi mashinalari. Ishlash usuliga koʻra, pnevmatik, mexanik, pnevmo-mexanik va elektromexanik turlarga boʻlinadi. Pnevmatik Paxta terish mashinalarim.da paxta havo oqimi yordamida teriladi. Ular vakuumli, ejektor-shlangli, soʻruvchi va haydovchi-soʻruvchi mashinalarga boʻlinadi. Bu mashinalarning ish organlari turli soplo (soʻrgich) va uchliklardan iborat boʻladi. Mexanik Paxta terish mashinalarim. da paxta mexanik qurilma yordamida teriladi. Bular ish organlarining turiga qarab, shpindelli, ignalar oʻrnatilgan lentali (kardali), ilmokli, diskli boʻladi. Mexanik (asosan, shpindelli) Paxta terish mashinalarim. gʻoʻza tuplariga terim jarayonida butun hajm boʻylab yoki tuplarni shakliga keltirib yon tomonlaridan qisgan holda tekis ishlov beruvchi turlariga ajraladi. Amalda shpindelli Paxta terish mashinalarim. keng tarqalgan. Ular gorizontal va vertikal shpindelli xillarga boʻlinadi. Gorizontal va vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarim.ning asosiy qismi — paxta terish apparati. U shpindellar barabanlari, ajratkichlar, shpindellar barabanlarini aylantirish mexanizmi, reduktorlar, tup koʻtargichlar, kabul kameralaridan iborat. Hozirgi zamon Paxta terish mashinalarim.da terim apparatlari dala relyefini takrorlovchi moslamalar bilan jihozlangan. Gorizontal shpindelli Paxta terish mashinalari m.da shpindellar gʻoʻza tuplari orasiga yon tomondan gorizontal holatda kiradi va oʻqi atrofida aylanib, ochilgan paxtani oʻziga oʻrab chiqadi hamda baraban bilan birga aylanib, ajratkich tomonga harakat qiladi. Disksimon botiqqavariq shaklli ajratkichlar aylanma hara-kat qilib, shpindel yuzasidan paxtani sidirib, qabul kamerasida yoʻnal-tiradi, u yerdan esa yigʻilgan paxta ejeksiya (soʻrish) hisobiga havo yordamida bunkerga yuboriladi. Vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarim.da shpindellar bara-banga yoki zanjirga oʻrnatiladi. Gʻoʻza tuplari 2 baraban orasidan qisilib oʻtadi. Barabandagi shpindellar oʻz oʻqi atrofida va baraban bilan birga aylanib, paxtani oʻrab oladi. Shpindelga oʻralgan paxtani ajratib olish va uni kabul kamerasiga tashlash vazifasini ajratkich oʻtaydi. Shpindelning teskariga aylanishi va qilli choʻtkalardan tuzilgan aylanib turuvchi ajratkich bilan tozalanishi natijasida ajratkichdan kelgan paxta kabul kamerasiga uza-tiladi va qabul kamerasida yigʻiladi. U yerdan ventilyator paxtani soʻrib, bunkerga uzatadi. Bunker paxtaga toʻlgach, mexanizator uni traktor tir-kamalargatoʻkadi. Pnevmomexanik Paxta terish mashinalarim.da paxta havo va mexanik moslama yordamida teriladi. Elektromexanik mashinalarda paxta elektr maydoni yordamida teriladi.
Paxta terish mashinalarim. dastlab 1850-yil AQSH da yaratildi. Oʻzbekistonda birinchi pnevmatik Paxta terish mashinalarim. 1929-yil ixtiro etilgan. Lekin u amalda uncha ish bermadi. 1933-yil STZ traktoriga oʻrnatiladigan ejektorshlangli mashina ixtiro qilindi. Bu mashinada 15 ta havo soʻruvchi shlang boʻlib, har qaysi shlangni bir terimchi ushlab, ochilgan paxtani unga roʻpara qilardi. Paxta havo yordamida soʻrilib, maxsus idishga toʻplanardi. Uning ish unumdorligi juda past edi. Shuning uchun bu mashina amalda qoʻllanmadi. Oʻsha yili birinchi gorizontal shpindelli mashina yaratildi. U 2 barabanli (1 katorli), kertik shpindelli boʻlib, traktorga tirkab ishlatilgan. Uning ham ish unumdorligi past boʻlgan. 1935-yil "Universal-1" traktoriga oʻrnatiladigan1 barabanli, gorizontal shpindelli mashina yaratildi. Bu mashina paxtaning 40% ini terib, 15% ini toʻkar, ish unumdorligi past edi. 1936-yil 2 qatorli, gorizontal shpindelli mashina ishlab chikarildi. Uning ish apparati 4 ta barabandan iborat boʻlib, har bir ba-rabanga 352 ta konus shpindel oʻrna-tilgan; mashina paxtani gʻoʻza tupining Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida 1937-yil birinchi pnevmatik mashina ishlab chiqarilgan. Mashinada bir necha soʻrish tuynuklari boʻlib, paxtani havo yordamida soʻrib terardi. 1938-yil ixtirochi L. M. Rozenblyum vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarim. ixtiro etdi. Uning ish apparati oʻziyurar shassiga oʻrnatilib, har biri 32 shpindelli ikkita baraban va toʻrtta choʻtkali ajratkichdan iborat edi. Mashina paxtaning 54—65% ini terib, 8—15% ini toʻkardi. Mashina birmuncha takomillashtirilgach, terilgan paxta 80, 8%, toʻkilgani 16,5% boʻldi. Asosiy nuqsoni terilgan paxtaning shpin-deldan qiyin ajralishi hamda choʻtkali barabanga oʻralib qolishi edi.
1941-yilda XVSH-4B markali 4 barabanli Paxta terish mashinalarim. yaratildi. Mashina bir yurishda har tup gʻoʻzadagi paxtani 2-marta terardi; bunda terilgan paxta 75%, toʻkilgani 8% edi. 1945-yilda XVSHU markali oʻziyurar mashina yaratildi. Bu mashina 2 barabanli apparat va oʻziyurar shassidan iborat boʻlib, uning shpindellari fakat bir tomonga aylanardi. 1946 i. da diametri 16 mm li 42 shpindelli, Paxta terish mashinalarim. xoʻjalik sinovidan oʻtkazildi. 1947-yil konstruktor M. N. Markov boshchiligida SXM-47 va 1948-yil SXM-48 rusumli Paxta terish mashinalarim. ishlab chiqarildi. SXM48 rusumli Paxta terish mashinalarim., asosan, ish apparati, rama, 2 ventilyator, harakat uzatish mexanizmi, apparatni koʻtarish-tushirish mexanizmi, tup koʻtargich, obtekatel, bunker va traktordan iborat edi. Mashinaning barcha mexanizmlari traktorning quvvat olish validan harakatla-nardi. 1958—68 yillarda 2 qatorli XT-1,2 rusumli, 1966-yildan 2 qatorli 17XV-1,8 rusumli keng (90 sm) qatorli, 1968-yildan T-28X-4 traktoriga oʻrnatiladigan 4 qatorli 14XV-2,4 A ("Uzbekistan") rusumli va 1972-yildan MTZ-50X traktoriga oʻrnatiladigan 4 qatorli XN-3,6 markali, 1974-yildan 6 qatorli XV-5,4 rusumli Paxta terish mashinalari m. ishlab chiqarila boshladi.
Bu mashinalar, asosan, terish appa-rati, harakat uzatuvchi reduktor, ventilyator, suv nasosi, bunker, havo trubalari, boshkarish tizimi va ramadan, terish apparata esa rama, shpindelli ba-rabanlar, ajratkich barabanlar, shpindellarni aylantiruvchi uzatma, qabul kamerasi, ish tirqishini sozlovchi mexanizm, tup koʻtargich, reduktor, qoʻshuvchi mufta, saklovchi moslamalardan iborat edi. 1976-yildan boshlab ishlab chiqarilgan barcha turdagi Paxta terish mashinalarim. ish unumdorligini 18—20% ga oshiruvchi, yangi vintli garkibiy shpindellar (kvadrat kesimli mustahkam oʻzakka biriktirilgan vintli prujinasimon ilashtaruvchi elementdan tuzilgan) bilan jihozlana boshladi. "Oʻzbekiston" rusumli 4 katorli mashina T-28X-4 rusumli traktorga urnatilgan. Bu mashinaning 2 varianta: 12 shpindelli va 15 shpindelli barabanlar urnatilgan terish apparatli xillari ishlab chikarildi. Mashinada 4 ta terish apparata ikki yon tomonga 2 tadan oʻrna-tilgan. Uni 60 sm va 90 sm kagor oralarida yurishga rostlash mumkin. Har bir qatorning paxtasi ikki qayta terilardi. Mashina, asosan, rama, terish apparatlari, harakatni taqsimlash reduktori, bunker, ventilyatorlar va boshkarish ti-zimidan iborat edi. Shuningdek, shpindellarni yuvish va bakka suv kuyish, mashinani moylash tizimi bilan uskunalangan. Barcha markadagi Paxta terish mashinalarim. bir-biridan terish apparatlari va barabanlari, asosan, ayrim qismlarining tuzilishi, shpindellarining soni bilan farqdanadi.
Paxta terish mashinalarim., asosan, AQSH va Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi. AQShda gorizontal shpindelli, Oʻzbekistonda vertikal shpindelli mashinalar ishlab chiqarilardi. 20-asr 70—80-yillarida ingich-ka tolali, urugʻlik paxtalar uchun XVN, XVA, XVB turkumdagi Paxta terish mashinalarim. hamda 1977-yildan esa pnevmopodborshik va tozalagich bilan jihozlangan MTZ-80 traktori asosida XNP-1,8 mashinalari ishlab chiqildi. 1992—94 yil esa gʻoʻza tupiga koʻp marta ishlov beruvchi yangi turdagi terim apparatlari bilan jixrzlangan XS-25 rusumli Paxta terish mashinalarim. xoʻjaliklarda ishlatila boshladi. 20-asr 90-yillari oʻrtalarigacha Oʻzbekistonda, asosan, vertikal shpindelli mashinalardan foydalanilgan. Keyingi yillarda Oʻzbekiston paxta maydonlarida Amerikada ishlab chiqarilgan gorizon-tal shpindelli Paxta terish mashinalarim. ham paydo boʻldi. "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasi (Toshkent) krshida 1997-yildan boshlab "OʻzKeysmash" qoʻshma korxonasi tashkil etilib, paxtakorlarga "Case20022 Cotton Express" rusumli 2 qatorli Paxta terish mashinalarim.ni yetkazib bera boshladi. BMKB — Agromash ak-siyadorlik jamiyati bilan birgalikda "Toshqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati XMG-04, XMG-12 rusumli 2 qatorli, gorizontal shpindelli Paxta terish mashinalarim.ni ishlab chikaradi. Ular 90 va 60 sm li paykallarda paxtaning oʻrtacha va ingichka tolali navlarini terishga moʻljallangan. "2022 Kotton Ekspress" rusumli mashina esa 2 katorli, gorizontal shpindelli, oʻziyurar mashina boʻlib, 90 va 100 sm li paykallarda paxtaning oʻrtacha navlarini terishga moʻljallangan.
Oʻzbekistonda Paxta terish mashinalarim.ni yaratish va ularni takomillashtirishga doyr na-zariy va amaliy ishlar, asosan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida olib boriladi. Paxta terish mashinalarim. yaratish va ularni takomillashtirish ishlari Oʻzbekistonda H. H. Usmonxoʻjayev, O. V. Lebedev, A. D. Glushchenko, M. V. Sablikov, D. M. Shpolyanskiy, O. A. Karimov, A. S. Sadriddinov, R. D. Matchonov, M. T. Toshboltayev va boshqa olimlar, G. I. Volkov, L. M. Rozenblyum, M. N. Markov va boshqa konstruktorlar nomlari bilan bogʻliq.masalan men paxta terdim sherozbek mansurivich
Anvar Rizayev.<ref>OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref.>
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |