Paygʻambar qizi maqbarasi
Paygʻambar qizi maqbarasi — qabristoni va maqbarasi Qoʻngʻirot tumanidan 32 km shimolda, „Qipchoq“ OFY hududida daryo boʻyida Qubatosh tepaliklarida joylashgan.
Olimlarning aniqlashicha, qabriston oʻrnida XII-XVIII asrlarga teng „Qız qala“ yodgorligi joylashgan. Keyinchalik yodgorlik atrofida mozorlar yuzaga kelib, bu qiz mozorining islom dini taʼsirining kuchayishi bilan paygʻambar qizi deb atalib ketgan boʻlishi mumkin. XIX asrga tegishli yozma maʼlumotlarda mazkur maskanda katta mozor koʻrsatiladi. Paygʻambar qizi koʻrsatilgan oʻrinda qabr ustiga qoʻyish uchun kulolchilar ishlagan sirli sagʻanalar bor. Ular yashil va koʻk rangda. XIV asr yodgorligi, shu bilan birga, maxsus burchaklarga kulolchilar ishlagan buyumlar qoʻyilgan mozor masjid boʻlmasada, madrasaga oʻxshash qurilish izlari bor. Ular XVII-XVIII asrlarga oid yodgorlik. Ushbu koʻk-yashil rangda sirlangan kulol buyumlarining siniqlariga asoslanib, shayxlar shu yerda paygʻambar qizining qabri joylashgan deb belgilagan[1].
Qizlarni ushlab, husniga qaramoqchi boʻlganlarida qizlar qochib, obdon charchashadi. Shu payt yer yorilib, qizlar u yerga yashirinishadi. Bunga jahli chiqqan paygʻambar shu yerdagi qishloq odamlarini qirib yuboradi. Shularning ichida masjidda oʻqiyotgan qirqta yigitni ustozi bilan oʻldirib yuboradi. Oʻsha masjid haligacha qirq ustozning gumbazi deb nomlanadi. Mazkur koʻrsatilgan paygʻambar qizi haqidagi afsona, birinchidan, islomgacha boʻlgan yodgorlik, ikkinchidan, bu joylarda hech qachon, ayniqsa, XVII-XVIII asrlarda paygʻambarning boʻlmaganligidan maʼlum.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ J. Hakimniyazov, I. Seytbaev, R. Ismetov. Qoraqalpogʻiston hududidagi ziyoratgohlar. «Bilim», 2023-yil.