Kontent qismiga oʻtish

Payshanba (shaharcha)

Koordinatalari: 40°0′28″N 66°14′14″E / 40.00778°N 66.23722°E / 40.00778; 66.23722
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Payshanba
shahar
40°0′28″N 66°14′14″E / 40.00778°N 66.23722°E / 40.00778; 66.23722
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Samarqand viloyati
tuman Kattaqoʻrgʻon tumani
Rasmiy til(lar)i узбек
Aholisi
 (2015)
32 078
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil kodi 30
Payshanba xaritada
Payshanba xaritada

Payshanba shahari — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1989-yildan). Tuman markazi. 450 m balandlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (12 km), Samarqand shahrigacha 90 km. Aholisi 31 ming kishidan ziyod (2014).

P.dagi tepaliklari miloddan avvalgi 5—4-asrlardagi oid ostadonlarning topilishi u yerda qadimda aholi yashaganligi tasdiqlaydi. Qulay geografik mavqega ega boʻlgan P. ravnaq topib 18-asr oxirida mudofaa devori bilan oʻralgan 3 darvozali shaharga aylangan. 18—19-asrlarda P.da toʻqimachilik, chitgarlik, zargarlik, qandolatchilik, kulolchilik, misgarlik, attorlik, ganchkorlik, temirchilik kabi hunarmandchilik turlari rivojlangan. 1868-yildan Payshanba volostining markazi boʻlgan. P.da 1905—08-yillarda Rossiyaning mustamlakachilik zulmiga qarshi Namoz Pirimqul oʻgʻli boshchiligidagi xalq qurolli harakati boʻlib oʻtgan. Qadimda P.da masjid va madrasalar, karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan. Bulardan Odina masjidi (taxminan 17—18-asrlar) ulugʻvorligi bilan ajralib turgan, uni "Ona masjid" deb ham atashgan. 1791-yil P.da Muhammad Aminxoʻja Naqib Madrasa qurdirgan, 1902-yilda rus-tuzem maktabi binosi (hozirgi pochta) qurilgan. P.da tuman hokimiyati binosi, gʻisht zavodi, non kombinati, pilla qabul qilish korxonasi bor. Novvoylik, qandolatchilik, tikuvchilik, etikdoʻzlik, tandirchilik, baqqollik, duradgorlik, temirchilik bilan shutullanuvchi kichik korxonalar mavjud. 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar litseyi, bolalar sport, musiqa maktablari, oʻsmirlar futbol maktabi faoliyat koʻrsatadi. 3 muzey, 4 kutubxona, markaziy kasalxona (400 oʻrin), sil kasalliklari shifoxonasi (40), ambulatoriya va poliklinika, kattalar va bolalar, stomatologiya poliklinikalari ishlab turibdi. Bir qancha madaniy, maishiy, savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari, Qalandarxona jome masjidi bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil