Kontent qismiga oʻtish

Pazandachilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pazandachilik — xom oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan xilma-xil taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash mahorati. Ovqatlanishni tartibga solish, taomlar xilma-xilligini taʼminlash, lazzatli taomlar tayyorlash va did bilan dasturxonga tortish P.ning asosini tashkil qiladi.

Turli xalqlarning milliy P.da shu millat xalqiga xos muayyan milliy P. taom turi boʻladi. Masalan, oʻzbeklarda palov, rus pazandaligida shchi, bilini; ukrainlarda borshch, vareniki; qozoqlarda beshbarmoq shunday taomlardir. Uzbek P.da koʻproq qoʻy, mol goʻshtlari ishlatiladi; ot, tovuq, oʻrdak goʻshtlari oʻrtacha meʼyorda; ilvasin va baliq goʻshtlaridan kamroq foydalaniladi; xamir taomlar ham koʻp tayyorlanadi (har xil tandir nonlar, somsalar, suyuq-quyuq xamir ovqatlar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil