Kontent qismiga oʻtish

Pedologiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pedologiya (yun. pais — goʻdak va ...logiya) — pedagogika va psixologiyadagi oqim. Bolaning oʻsishiga psixologik, biologik, sotsiologik va boshqa tomondan yonda-shuvlarni birlashtirishni maqsad f qilib qoʻyadi. Bola taqsiri, zehni va qobiliyati irsiyat bilan belgilanadi, deb hisoblaydi. P.da bolaning oʻsishida tarbiyaning roli mutlaq deb hisoblanmaydi. P. namoyandalari taʼlimda biologik tafovutlarga eʼtiborni kuchay-tirib, oʻquvchilar qobiliyatini aniqlashda ilmiy testlardan foydalanishni ilgari surdilar.

P. 19-asr oxirida dastlab AQShda, keyinroq Gʻarbiy Yevropada paydo boʻldi va keng tarqaldi. Asoschilari: Amerika psixologi G. S. Xoll, O. Xristen va boshqa P. 20-asrning 20-yillar oxiri — 30-yillar boshida SSSRda qam tarqaldi va uning predmeti, vazifa va metodlari toʻgʻrisida qizgʻin munozaralar boʻlib oʻtdi. SSSRda P.ning rasman man etilishi (1936) bolalar toʻgʻrisidagi fanlar majmuining ilmiy asosda shakllanishini toʻxtatib qoʻydi. Hozirda bolalarning isteʼdod darajasini anik,lashga yoʻnaltirilgan testlar dastlab P. namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil