Kontent qismiga oʻtish

Pedotsentrizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pedotsentrizm (yun. pais — goʻdak va lot. centrum — markaz) — pedagogikadagi oqim. Taʼlimning mazmuni, uni tashkil etish va metodlari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va ehtiyojiga qarab emas, balki faqat bolaning bevosita talabi va tugʻma qiziqishi bilan belgilanadi, deb hisoblaydi. P.da oʻquvchilarga sistemali bilim berishga "bola shaxsiyati oʻzini mumkin qadar koʻrsatish im-koniyatiga ega boʻlgan", yaʼni bolalar qiziqishi zoʻr boʻlgan oʻyinlar, suhbatlar va boshqa mashgʻulotlardan iborat oʻquv jarayoni qarshi qoʻyiladi. P. gʻoyalari J. J. Russo, amerikalik faylasuf J. Dyui, belgiyalik mashhur pedagog va psixolog O. Dekroli pedagogik tizimining asosiy qismini tashkil etadi. P. tamoyillari pragmatik pedagogikada yana ham ochi q ifoda qilingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil