Penitent (qor shakllanishi)
Penitentes - baland togʻli hududlarda uchraydigan qor shakllanish turidir. Ular ustunsimon choʻzilgan, qattiqlashgan qor yoki muzdan iborat boʻladi.[1] Qiziq tomoni shundaki, barcha muz ustunlarining yuqori qismini quyosh chiqadigan tomonga qaratib turadi. Shuning uchun Ispanlar bu muz shakllarini oʻz tillarida „Tavba qilayotgan muzliklar“ deb atashadi. Ispan milliy karnavallarida bu muz shakllariga oʻxshagan uzun uchli qalpoq kiyish odati mavjud. Penitenteslar And togʻlarining 4,000 metrdan yuqori boʻlgan muzlik va qor bilan qoplangan hududlarda paydo boʻladi. Ularning uzunligi bir necha santimetrdan 5 metrgacha yetishi mumkin.[2]
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Penitentlar birinchi marta 1839-yilda Charlz Darvin tomonidan ilmiy adabiyotlarda tasvirlanib oʻtilgan. 1835-yil 22-mart sanasida u Santyago-de-Chiledan Argentina shahri Mendozaga ketayotganda Piuquenes dovoni yaqinidagi penitentlar bilan qoplangan qor maydonlarini koʻrgan va ularning And togʻlarining kuchli shamollari natijasida shakllanganligini mahalliy aholidan eshitgan.[3]
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Penitentlar – quyosh va shamollar taʼsirida vujudga keladigan uzun, ingichka qattiqlashgan qor yoki muzdan iborat muz ustunlaridir. Quyosh nuri qorga urilganda, uni eritmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri bugʻga aylantiradi. Bu jarayon sublimatsiya deb ataladi, yaʼni muz suyuqlikka aylanmasdan bugʻlanadi. Dastlab silliq boʻlgan qor yuzasi, baʼzi joylar boshqalarga qaraganda tezroq sublimatsiya qilgani uchun chuqurliklar va tepaliklarni hosil qiladi.[4] Bu jarayon natijasida biz bilgan muzli ustunlar paydo boʻladi. Lui Lliboutry penitentlar shakllanishining asosiy sababi iqlim sharoiti, shudring muzlash haroratidan past boʻlgan haroratda muzlashi natijasi deb taʼkidlagan.[5] Bu quruq havo bilan birgalikda qorning sublimatsiyasiga olib keladi. Betterton jarayonning matematik modelini ishlab chiqqan, ammo penitentlar oʻsishining dastlabki bosqichlari hali ham fanga noaniqligicha qolmoqda. Yerdan boshqa sayyorlarda ham ushbu muz shakillari aniqlangan. Masalan: Yupiterning yoʻldoshi „Yevropa“ ning tropik zonasida balandligi 15 metrgacha boʻlgan penitentlar borligi aniqlangan.[6] 2017-yilda NASAning New Horizons missiyasi Plutonda yuzlab metr balandlikka ega penitentlar mavjud ekanligini kashf qildi. Ular asosan Plutonning yupqa atmosferasidan mavsumiy ravishda choʻkadigan metan muzidan iborat boʻlishi mumkin. Ushbu muz shakllari Plutonning „Tartarus Dorsa“ deb nomlangan hududda joylashgan boʻlib, bu nom 2017-yil avgust oyida Xalqaro Astronomiya jamiyati tomonidan qabul qilingan.[7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kotlyakov, V. M., I. M. Lebedeva. „Kayuщiesya“ snega i ldi, mexanizm ix obrazovaniya i indikatsionnoe znachenie. // Izv. AN SSSR. Ser. geogr 3 (1975): 26.
- ↑ Сост. П. П. Захаров, Т. В. Степенко (автор раздела Аркин Я. Г.) „Горный рельеф — образование и Развитие. Ледники“, . Школа альпинизма. Начальная подготовка. М.: Физкультура и спорт, 1989 — 59-bet. ISBN 5-278-00125-9.
- ↑ Криштофович А.Н.. Геологический словарь, Москва, 1955 — 309-bet.
- ↑ Vance Bergeron, Charles Berger, M. D. Betterton. Контролируемое формирование пенитентес под воздействием освещения = Controlled Irradiative Formation of Penitentes // Physical Review L 96(098502). — 2006. — Vol. 96. — DOI:10.1103/PhysRevLett.96.098502. Архивировано 25 iyul 2019 года.
- ↑ Veronika Straaß, Claus-Peter Lieckfeld. Mythos Berge - Götter, Gipfel und Geschichten, München, 2005.
- ↑ „Jupiter moon may have huge, jagged ice blades that complicate the search for alien life“. NBC News. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
- ↑ Moores, John E.; Smith, Christina L.; Toigo, Anthony D.; Guzewich, Scott D. (2017-01-12). "Penitentes as the origin of the bladed terrain of Tartarus Dorsa on Pluto". Nature 541 (7636): 188–190. doi:10.1038/nature20779. PMID 28052055.
Kitoblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bergeron, Vance; Berger, Charles; Betterton, M. D. (2006). "Controlled Irradiative Formation of Penitentes". Physical Review Letters 96 (98502): 098502. doi:10.1103/PhysRevLett.96.098502. PMID 16606324.
- (U. S.S. K. Sharqiy Pamirda kuzatilganlarga eʼtibor berib, bu ablasiya xususiyatlarining paydo boʻlishi va hosil boʻlishi haqida maʼlumot beradi.) Kotlyakov, V. M.; Lebedeva, I. M. (1974). "Nieve and ice penitentes, their way of formation and indicative significance" (de). Zeitschrift für Gletscherkunde und Glazialgeologie X: 111–127.
- Lliboutry, L. „Glaciers of the Dry Andes“, . Satellite Image Atlas of Glaciers of the World Williams: , 1998. USGS-p1386i. (Wayback Machine saytida 2008-06-02 sanasida arxivlangan)
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vikiomborda Ice and snow penitents mavzusiga oid fayllar bor
- „Takrorli muzlatilgan muzlalar erishning tezligi oz“, „New Scientist“ (2007 yil 7 mart).