Kontent qismiga oʻtish

Penitsill

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Penitsill, penitsillium (Penicillium) — gifomitsitlar tarti-biga mansub zamburugʻlar turkumi. Ipga oʻxshash mitseliysi yashilkulrang, koʻp marta tarmoqdangan, substratni teshib kirib usadi. Konsidiy (spora)lari mitseliysi uchidagi oʻsimtalarida hosil boʻladi. Ayrim turlari xaltali bosqichlar hosil qiladi. 250 ga yaqin turi bor, keng tarqalgan, ayniqsa, moʻʼtadil iqlimda koʻp uchraydi. Koʻpchiligi saprofit, ayrim turlari parazit. Tabiatda oʻsimlik va hayvon qol-diklarini parchalashda ishtirok eta-di; oziqovqat mahsulotlarini buzadi. Boshqa zamburugʻlar bilan birga mogʻor (poʻpanak) qosil qiladi. P. — antibi-otiklar, fermentlar va organik kislotalar hosil qiluvchilar. 2 ta turidan penitsillin olishda, 1 turidan pishloq ishlab chiqarishda foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil