Peptizatsiya
Peptizatsiya (yun. peptein — qayta gtishirmoq) — koagulyasiya natijasida olingan choʻkmaning qaytadan kolloid eritma (zol)ga oʻtish jarayoni. P. koagulyasiyaga teskari, yaʼni choʻkmaga tushgan yirikroq agregatlarning qay-tadan kolloid zarracha holatiga oʻtishi (dezagregatsiyalanishi). P. jarayonini amalga oshirish uchun koagulyasiya mah-sulotiga biror elektrolit yoki sirt faol modda qoʻshib, erituvchi bilan aralashtiriladi. Kolloid eritma olishda ishlatilgan elektrolit va baʼzi sirt faol moddalar peptizatorlar deyiladi. P. tezligiga turli omillar (peptizatorning kimyoviy xossasi, konsentratsiyasi, choʻkmaning holati va miqdori, temperatura, aralashtirish tezligi, vodorod ionlarning eritmadagi konsentratsiyasi, ultratovush, radioaktiv nur va hokazo) taʼsir etadi. P. murakkab jarayon boʻlib, uning mexanizmi dis-persion muhit va peptizatorning choʻkma sirtiga adsorblanishiga, solvat qavatlar hosil boʻlishiga, choʻkma bilan peptizator orasida bir qator oraliq mahsulotlar paydo boʻlishiga bogʻliq. Bevosita va bilvosita P. boʻladi. Agar qoʻshilayotgan modda toʻgʻridan-toʻgʻri peptizator vazifasini oʻtasabevosita yoki adsorbsion P., koʻshilayotgan modda choʻkma sirti bilan reaksiyaga kirishganida peptizator hosil boʻlsa, jarayon bilvosita yoki dissolyusion P. deyiladi. Uzoq vaqt saqlangan choʻkmani P. Qilib boʻlmaydi. P.dan kolloid kimyoda va tex-nikada keng foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |