Peripatetik maktab
Qiyofa
Peripatetik maktab (yun. peripateo — sayr etib yurmoq) — Aristotel asos solgan falsafiy maktab. Maktabda tinglovchilar bilan sayr qilib yurib dare oʻtilgan (nomi shundan olingan). Aristoteldan keyin qariyb 34 yil Teofrast boshchilik qilgan. Peripatetik maktab vakillari anik, fanlar bilan shugʻullanganlar (musiqa nazariyotchisi Aristoksen, davlat tarixchisi va nazariyotchisi Dikearx, fizik Straton, geograf va astronom Aristarx Samoslik va boshqalar). Peripatetik maktab vakillari 1—3-asrlarda Aristotel asarlarini nashr etishgan va sharxlashgan. Peripatetik maktab platonchilar, pifagorchilar, stoiklar, neoplatonchilarga va keyinchalik oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalklari falsafasiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |