Periskop
Qiyofa
Periskop (yun. periskopeo — atrofga qarayman, koʻzdan kechiraman) — bronemashina (tank)lar, suv osti kemalari, pana joylar, transheya va boshqalardan turib kuzatish uchun moʻljallangan optik asbob. P.ning piyodalar (okoplar), artilleriyachilar, tankchilar va dengiz qoʻshinlariga moʻljallangan turlari mavjud. P. prizmali vaoynali xillarga boʻlinadi. Prizmali P.ning bir oz (1,2—1,5-marta) kattalashtirilganda koʻrish maydoni 40° ni tashkil etadi, koʻproq (5—6-marta) kattalashtirib koʻrsatishida esa koʻrish maydoni kichrayadi. Baʼzi P.lar aylanasiga kuzatish imkonini beradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |