Kontent qismiga oʻtish

Peritsikl

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Peritsikl (peri... va yun. kyklos — doyra), perikambiy — oʻsimliklar ildizi, baʼzan poyasi birlamchi meristema hujayralari qavati. P. epiderma ostida joylashgan, oʻtkazuvchi silindrni oʻrab turadi. Bir yoki bir necha qavat parenxima hujayralaridan ibo-rat. Birlamchi ildiz P.idan yon ildizlar hosil boʻladi. Birlamchi tuzilgan ildizlarda (ikki urugʻpallalilar) P. hujayralari yordamida kambiy umumiy halqaga tutashib, zaxira oziq toʻplanadigan ildiz nurlarini hosil qiladi. Bu nurlardan qoʻshimcha ildizlar va kurtaklar vujudga keladi. P.dan yoʻgʻonlashgan ildizlarda periderma hosil qiluvchi fellogen shakllanadi. Poyada P.dan mexanik toʻqima va turli mod-dalar ajratib chiqaradigan har xil tuzilmalar paydo boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar (kanop, kendir, zigʻir) P.ida hosil boʻladigan lubdan lub tolasi olinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil