Kontent qismiga oʻtish

Peroksidlar va peroksid birikmalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Peroksidlar va peroksid birikmalar — tarkibida oʻzaro bogʻlangan ikki kislorod atomidan iborat guruhi —O—O— boʻlgan murakkab moddalar. P. va p.b.ning eng oddiysi vodorod peroksid N—O—O—N dir. Ishkrriy metallarning va kalsiy, stronsiy, bariyning peroksidlarida O; ionlar mavjud. Sanoatda natriy peroksid natriyni havo kislorodi bilan oksidlab olinadi. Natriy peroksid Na2O2 — och sariq rangli nihoyatda gigroskopik kristall modda; 310— 400° da tarkibidagi kislorodini yoʻqo-ta boshlaydi, 540°da shiddatli ravishda parchalanadi. Bariy peroksid xreil qilish uchun bariy oksid — VaO 500° dan past temperaturada havo kislorodi bilan reaksiyaga kiritiladi. Bariy peroksid VAO2 700° da ya na VaO va kislorodga parchalanadi. Rux va kadmiy peroksidlari qizgʻish rangli. Ularni tegishli oksidlarga, gidroksidlarga yoki tuzlarga N2O2 taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Rux peroksid Zn2O2 yara va kuyganda jarohatni davolashda qoʻlla-niladigan maz komponenti sifatida va krrason kasalligini davolashda ishlatiladi. Simob peroksid Hg2O2 qizdirilganda va zarba taʼsirida portlovchi sariq rangli a- va barkapop qizgʻish rangli (3- shaklida mavjud. Metall peroksidlarni vodorod peroksid kislotaning tuzlari deb qaraladi. Agar vodorod peroksid N2O2 tarkibidagi vodorod atomlari oʻrnini kislota qoldiklari egallasa, peroksokislotalar hosil boʻladi. Masalan, HSO3— O—O—SO3H yoki H2S2O8 — peroksosul-fat kislota, N —O—O—SO3H yoki H2SO5 — Kapo kislotasi, N2Sg06 peroksoxromat kislota va hokazo Peroksokislotalar gidrolizga uchraganda vodorod peroksid hosil boʻladi. R—O— O—Rʼ tarkibli organik moddalar organik peroksidlar deb yuri-tiladi (R va Rʼ organik radikal). Per-oksidlaridan tashqari giperoksidlar (mas, K2O4 Rb2O4 va boshqalar) ham maʼlum. P. va p.b. toʻqimachilik, qogʻoz va kosmetika, qurilish, oziq-ovqat sanoatlarida, tibbiyotda, qishloq xoʻjaligida, pirotexnikatsa, reaktiv dvigatellarda va havoni rege-neratsiyalashda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil