Kontent qismiga oʻtish

Perujino Pyetro

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Perujino (Perugino; asli Vannuchchi, Vannuci) Pyetro (1445/1452, fevral, Chittadella-Pyeve,Umbriya — 1523, mart, Fontinyano) — italyan rassomi, Umbriya maktabi namoyandasi. Pyero della Francheska, niderland ustalari, shuningdek, A.Verrokkodan (1470-yildan uning Florensiyadagi ustaxonasida ishlagan) taʼsirlangan. Pyetroning yaratuvchanlik hissi bilan toʻliq rangtasviri mayin kompozitsiya ritmi va Umbriyaning olis adirlarini aks ettiruvchi hissiyotli manzarali zamini bilan ajralib turadi; fazo kurilishidagi aniqlik va vazminlik uning asarlariga alohida uygʻunlik baxsh etadi: "Avliyo Petrga kalitni topshirish", 1481—82, Vatikandagi Sikst kapella-ida; "Isoga motam", taxminan 1494—95, Uffitsi galereyasida; "Xochga mixlash", 1496, Santa Mariya Maddalena dei Patssi, Florensiyada; koʻplab madonnalar obrazlari) va boshqa Pyetro ijodi shogirdi Rafael kuchli taʼsir koʻrsatgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil