Kontent qismiga oʻtish

Perxlorat kislota

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Perxlorat kislota, HClO4 -rangsiz, havoda tutovchi gifoskopik suyuklik. Suvdagi eritmasi kaliy perxlo-ratga sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Perxlorat kislota xlorning kislorodli kislotalaridan eng barqarori va maʼlum kislotalar ichida eng kuchlisi hisoblanadi. Kuchli oksidlovchilardan. Oddiy temperaturada reaksiyaga kirishmaydi, qizdirilganda, konsentrlanganda reaksiyaga shiddatli kirishadi. Organik moddalar bilan reaksiyaga kirishganida portlash yuz beradi. Murakkab rudalarni parchalashda, minerallarni analiz qilishda, katalizator sifatida qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil