Kontent qismiga oʻtish

Peter Olayinka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peter Olayinka
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Peter Olayinka Oladeji
Tavallud sanasi 18-noyabr 1995-yil (1995-11-18) (29 yosh)
Tavallud joyi Ibadan, Nigeriya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Slavia Prague
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2012 36 Lion FC
2012—2013 Bylis
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Bylis 14 (0)
2013—2014 → Yenicami Ağdelen S. K. (ijara) 21 (8)
2014—2016 Skënderbeu Korçë 33 (16)
2016—2018 K. A. A. Gent 0 (0)
2016—2017 → Dukla Prague (ijara) 29 (6)
2017—2018 → Zulte Waregem (ijara) 35 (11)
2018— Slavia Prague 102 (27)
Milliy terma jamoa
2019— Nigeriya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16-noyabr uchun)

Peter Olayinka Oladeji (talaffuzi: Piter Olayinka Oladeji; 1995-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — nigeriyalik futbolchi, „Slavia“ futbol klubi va Nigeriya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Olajinka „Slavia Praga“ futbol klubi safida

Olayinka oʻz faoliyatini oʻz Vatanida boshlagan. 2012-yilda uni Albaniyaning „Bylis“ futbol klubi skautlari payqab qolishgan va jamoaga taklif qilishgan. 20-oktabr kuni „Luftëtari“ futbol klubi bilan oʻyinda u Albaniya Superligasida debyut qilgan[1]. 2013-yil 4-fevral kuni Albaniya kubogi doirasida „Teuta“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Olajinka „Bylis“ futbol klubi safida ilk golini urgan[2]. Oʻsha yilning yozida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Peter Oladeji turkiyaning „Janikami Agdele“n futbol klubi safida ijara asosida oʻynagan. 2014-yilning yozida Olayinka „Skënderbeu Korçë“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 14-sentabr kuni „Apollon“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u yangi klubi safida debyut qilgan[3]. 25-oktabr kuni „Vllaznia Shkodër“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Peter „Skënderbeu Korçë“ futbol klubi safida ilk golini urgan[4]. 2015-yilda u jamoaning chempion bo‘lishiga yordam bergan.

2016-yilning yozida Olayinka Belgiyaning „Gent“ jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 1,1 million yevroni tashkil qilgan. Darhol oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Peter Oladeji chexiyaning „Dukla Prague“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 29-iyul kuni „Teplice“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Gambrinus Ligasida debyut qilgan[5]. 6-avgust kuni „Slovácko“ futbol klubiga qarshi bahsda Olajinka „Dukla Prague“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urgan[6].

2017-yilning yozida Peter Oladeji „Zulte Waregem“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 29-iyul kuni „Eupen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Yupilligada debyut qilgan[7]. 18-avgust kuni „Standard Liège“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Olayinka „Zulte Waregem“ futbol klubi safida ilk golini urgan[8]. 2018-yilning yozida Peter Oladeji Praganing „Slavia“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 3-avgust kuni „Opava“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qilgan[9]. Oʻsha oʻyinda Olayinka „Slavia“ futbol klubi safida ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 13-oktabr kuni Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Olainika Nigeriya terma jamoasi safida debyut qilgan[10].

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
K. S. Bylis BallshAlbaniya bayrogʻi Albaniya 2012—2013 14 0 10 3 24 3
Jami 14 0 10 3 0 0 24 3
K. F. Skënderbeu KorçëAlbaniya bayrogʻi Albaniya 2014—2015 15 6 2 3 17 9
2015—2016 18 10 3 0 6 0 27 10
Jami 33 16 5 3 6 0 44 19
F. K. Dukla PragaChexiya bayrogʻi Chexiya 2016—2017 29 6 2 0 31 6
Jami 29 6 2 0 0 0 31 6
S. V. Zulte WaregemBelgiya bayrogʻi Belgiya 2017—2018 35 11 2 0 4 0 41 11
Jami 35 11 2 0 4 0 41 11
S. K. Slavia PragaChexiya bayrogʻi Chexiya 2018—2019 24 6 5 0 10 0 39 6
2019—2020 20 4 0 0 8 1 28 5
2020—2021 24 6 2 1 13 4 39 11
2021—2022 24 6 3 1 13 4 40 11
2022—2023 10 5 2 2 11 4 23 11
Jami 102 27 12 4 55 13 169 44
Umumiy faoliyatida 213 60 31 10 65 13 309 83
  1. „Бюлис VS. Люфтетари 2:0“ (en). soccerway.com (2012-10—20). 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  2. „Теута VS. Бюлис 2:3“ (en). soccerway.com (2013-02—04). 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  3. „Аполония VS. Скендербеу 0:0“ (en). soccerway.com (2014-09—14). 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  4. „Скендербеу VS. Влазния 3:0“ (en). soccerway.com (2014-10—25). 2016-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  5. „Дукла Прага VS. Теплице 0:1“ (en). soccerway.com (2016-07—29). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  6. „Словацко VS. Дукла Прага 2:2“ (en). soccerway.com (2016-08—06). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  7. „Эйпен VS. Зюлте-Варегем 0:5“ (en). soccerway.com (2017-07—29). 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
  8. „Стандард Льеж VS. Зюлте-Варегем 0:4“ (en). soccerway.com (2017-08—18). 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
  9. „Славия Прага VS. Опава 3:1“ (en). soccerway.com (2018-08—03). 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
  10. „Бразилия VS. Нигерия 1:1“ (en). soccerway.com (2019-10—13). 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.