Peter Oppenheimer
Peter Oppenheimer | |
---|---|
Tavalludi | may 1941 |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Goldman Sachs bank direktorlar kengashi a'zosi |
Peter Oppenheimer (inglizcha: Peter Oppenheimer; 1963-yilda AQShda tugʻilgan[1]) — amerikalik moliyachi. Goldman Sachs direktorlar kengashi aʼzosi. Apple Inc kompaniyasining sobiq katta vitse-prezidenti va bosh moliyaviy direktori (2004-2014)[2].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peter Oppenheimer San-Luis-Obispodagi Kaliforniya politexnika universiteti Iqtisodiyot mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[3].
Martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988-1992-yillarda Peter Coopers & Lybrand, LLP auditorlik kompaniyasida axborot texnologiyalari boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan (1998-yilda Price Waterhouse va Coopers & Lybrand birlashganidan keyin zamonaviy PricewaterhouseCoopers tashkil etilgan)[4].
1992-1996-yillarda esa Peter Automatic Data Processingning moliyaviy direktori boʻlimida ishlagan(ADP)[5].
1996-yilda u Apple kompaniyasida Amerika uchun moliyaviy nazoratchi sifatida ishlay boshladi[6].
1997-yilda Peter Oppenheimer vitse-prezident va global sotuvlar boʻyicha nazoratchi boʻldi, keyin esa bosh moliyaviy nazoratchi lavozimiga koʻtarildi.
2004-yildaga kelib moliya direktori etib tayinlandi. Uning ushbu lavozimdagi faoliyati davomida Apple kompaniyasining yillik daromadi 20 barobardan ortiq oʻsgan. Peter aniq global moliyaviy strategiya, sogʻlom tizimlar va protseduralar va eng yuqori darajadagi balanslarni ishlab chiqishga rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida Apple jahon darajasidagi moliyaviy jamoani yaratdi[7].
2014-yil mart oyi boshida Apple Inc.ning matbuot xizmati Peter Oppenheimer korporatsiyani tark etishga qaror qilganini va Luca Maestri yangi katta vitse-prezident va bosh moliya direktori lavozimini egallashini eʼlon qildi. Luca Maestri vazifalarni bosqichma-bosqich oʻtkazish va tajriba almashish uchun u 2014-yil sentyabr oyining oxirigacha Peter bilan teng sharoitlarda CFO lavozimini egallaydi[8][9].
Piter koʻp yillar davomida oʻzi oʻqigan Kaliforniya politexnika universiteti kengashida ishlagan. Va 2014-yilda u Goldman Sachs direktorlar kengashiga qoʻshilgan[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ http://wiki-org.ru/wiki/%D0%9E%D0%BF%D0%BF%D0%B5%D0%BD%D1%85%D0%B0%D0%B9%D0%BC%D0%B5%D1%80,_%D0%9F%D0%B8%D1%82%D0%B5%D1%80
- ↑ https://biography-life.ru/science/1951-robert-oppengejmer.html

- ↑ http://wiki-org.ru/wiki/%D0%9E%D0%BF%D0%BF%D0%B5%D0%BD%D1%85%D0%B0%D0%B9%D0%BC%D0%B5%D1%80,_%D0%9F%D0%B8%D1%82%D0%B5%D1%80