Petr Jiráček
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Petr Jiráček | ||
Tavallud sanasi | 2-mart 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Sokolov, Chexoslovakiya[1] | ||
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Trinity Zlín B (assistent) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1991—1996 | Sokol Tuchořice | ||
1996—2006 | Baník Sokolov | ||
1998 | → Buldoci Karlovy Vary (ijara) | ||
2001 | → Slavia Prague (ijara) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2008 | Baník Sokolov | 40 | (2) |
2008—2012 | Viktoria Plzeň | 100 | (11) |
2012 | VfL Wolfsburg | 13 | (2) |
2012—2015 | Hamburger SV | 41 | (2) |
2015—2017 | Sparta Prague | 18 | (0) |
2016—2017 | → FK Jablonec (ijara) | 18 | (1) |
2017—2021 | Fastav Zlín | 103 | (6) |
2021—2022 | Prostějov | 27 | (0) |
2022— | Trinity Zlín B | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011—2014 | Chexiya | 28 | (3) |
Boshqargan klublari | |||
2022— | Trinity Zlín B (assistent) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 15-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 18-iyul uchun) |
Petr Jiráček (talaffuzi: Petr Yirachek; 1986-yil 2-martda tugʻilgan) — Chexiyalik futbolchi, yarim himoyachi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jiráček 10 yoshida „Banik Sokolov“ klubida futbol oʻynay boshlagan va ikki professional mavsum oʻtkazgandan soʻng, FC Viktoria Plzeňga oʻtgan. „Viktoria“ bilan ligada roppa-rosa 100 ta oʻyin oʻtkazdi[2]. 2010—2011-yilgi Chexiya chempionatida klub bilan gʻolib chiqdi va klub tarixda oʻsha paytgacha hech qachon chempion boʻlmagan edi. Bu unvon ularga 2011—2012-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida ham oʻynash imkoniyatini berdi. Guruh bosqichida Barcelona va Milandan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Jiráček yevrokuboklarda faqat bitta uchrashuvda maydonga tusha olmadi. Shuningdek, klubda 2009—2010-yilgi Chexiya kubogi va 2011-yilgi Chexiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
2011-yilning dekabr oyida Jiráček Germaniya Bundesligasi vakili VfL Wolfsburg bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[3]. Toʻrtinchi liga oʻyinida dubl qayd etdi, SC Freiburgga qarshi 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Fevral oyi oxirida jarohat oldi, bu uning bir qator oʻyinlarni oʻtkazib yuborishiga va mavsumning qolgan qismida bir necha marta zaxira oʻyinchisi boʻlishiga olib keldi.
2012-yil 26-avgust kuni VfL Wolfsburg bosh murabbiyi Felix Magath Jiráček Wolfsburgda boʻlganida taassurot qoldira olmagani uchun nomaʼlum toʻlov evaziga Hamburger SVga oʻtishini tasdiqladi.
Milliy terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil sentabrida Shotlandiyaga qarshi o‘yinda milliy terma jamoada debyut qildi va tez orada Michal Bílek qoʻl ostida jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi[4]. Ilk golini Yevro-2012 saralash pley-offida Chernogoriyaga qarshi oʻyinda (1:0) kiritdi.
UEFA Yevro-2012 chorak finaliga chiqishida jamoada muhim rol oʻynadi Turnirda ikkita gol urdi, ikkalasi ham guruh bosqichida, mos ravishda Gretsiya va Polsha darvozalariga kiritdi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar |
2006—2007 | Baník Sokolov | Czech 2. Liga | 15 | 1 | 0 | 0 | -- | 15 | 1 | |
2007—2008 | 25 | 1 | 2 | 0 | -- | 27 | 1 | |||
2008—2009 | Viktoria Plzeň | Czech First League | 29 | 1 | 0 | 0 | -- | 29 | 1 | |
2009—2010 | 26 | 1 | 3 | 0 | -- | 29 | 1 | |||
2010—2011 | 29 | 5 | 4 | 1 | 2 | 0 | 35 | 6 | ||
2011—2012 | 16 | 4 | 0 | 0 | 11 | 0 | 27 | 4 | ||
2015—2016 | Sparta Praha | Czech First League | 18 | 0 | 6 | 2 | 5 | 0 | 29 | 2 |
2011—2012 | Wolfsburg | Bundesliga | 13 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 13 | 2 |
2012—2013 | Hamburger SV | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | |
Jami | Chexiya Respublikasi | 158 | 13 | 15 | 3 | 18 | 0 | 191 | 16 | |
Germaniya | 18 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 2 | ||
Jami faoliyati | 176 | 15 | 15 | 3 | 18 | 0 | 209 | 18 |
Xalqaro gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2011-yil 15-noyabr | Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa | Chernogoriya | 1 — 0 | 1—0 | Yevro-2012 saralash pley-off oʻyinlari |
2. | 2012-yil 12-iyun | Munitsipal stadion, Vrotslav | Gretsiya | 1 — 0 | 2—1 | UEFA Yevro 2012 |
3. | 2012-yil 16-iyun | Munitsipal stadion, Vrotslav | Polsha | 1 — 0 | 1—0 | UEFA Yevro 2012 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Viktoria Plzeň
- Chexiya kubogi: 2009—2010
- Chexiya Birinchi ligasi: 2010—2011
- Chexiya Superkubogi: 2011
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jiráček, Petr“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2011-yil 16-noyabr.
- ↑ „Petr Jiráček“ (Czech). iDNES.cz. Qaraldi: 2012-yil 18-dekabr.
- ↑ „Jiráček opouští Plzeň, na čtyři a půl roku se upsal Wolfsburgu“ (Czech). idnes.cz (2011-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 22-dekabr.
- ↑ „Scotland 2-2 Czech Republic“. BBC Sport (2011-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 2-fevral.