Petri Pasanen
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 24-sentyabr 1980-yil | ||
Tavallud joyi | Lahti, Finlandiya | ||
Boʻyi | 1.87 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996 | FC Kuusysi | 2 | (0) |
1996—2000 | Lahti | 72 | (2) |
1997 | → FC Hämeenlinna (ijara) | 4 | (0) |
1998 | → FC Hämeenlinna (ijara) | 1 | (0) |
2000—2004 | Ajax | 59 | (7) |
2004 | → Portsmouth (ijara) | 12 | (0) |
2004—2011 | Werder Bremen | 144 | (3) |
2011-2012 | Red Bull Salzburg | 18 | (0) |
2012—2014 | AGF | 44 | (2) |
2014—2015 | Lahti | 30 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2000 | Finlandiya U21 | 6 | (0) |
2000—2013 | Finlandiya | 76 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Petri Pasanen (1980-yil 24-sentabrda tugʻilgan) — Finlandiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan. Faoliyatining koʻp qismini Bundesliganing Werder Bremen klubida oʻtkazgan, bir necha mavsum UEFA Chempionlar Ligasida va 2009-yil UEFA kubogi finalida ishtirok etgan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]FK Lahti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Finlandiyaning Lahti shahrida tugʻilgan Pasanen 1998-yilda mahalliy Lahti klubining asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan. Keyingi ikki mavsumda Finlandiyaning Veikkausliiga klubida 42 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Ajax
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevropaning koʻplab top klublari istiqbolli Pasanenga qiziqish bildirishdi. 2000-yilning yozida Gollandiyaning Ajax klubiga oʻtdi. Birinchi mavsumidayoq „Ajax“ himoyasidagi asosiy futbolchi boʻldi, ammo 2001-yilning avgustida oyogʻini sindirib olgach, 2001—2002-yilgi mavsumning koʻp qismini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi. Keyingi mavsumda tarkibga qaytdi. „Ajax“ bilan UEFA Chempionlar ligasining chorak finaligacha chiqdi.
2003—2004-yilgi mavsumda „Ajax“da kam oʻynadi va mavsumning ikkinchi yarmini Angliyaning Portsmouth klubida Premyer-ligada ijara asosida oʻtkazdi. „Portsmouth“ bosh murabbiyi Harry Rednapp mavsum oxirida Pasanenni sotib olishga tayyor edi, biroq „Ajax“ning soʻragan narxi juda yuqori boʻlgan.
Werder Bremen
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilning yozida Germaniyaning amaldagi chempioni Werder bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi dastlabki ikki mavsumida asosiy tarkib oʻyinchisi boʻldi. Klub bilan 2009-yil UEFA kubogi finalida oʻynagan.
Red Bull Salsburg
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilning 30-iyunida shartnoma muddati tugaganidan keyin „Werder“ni[1] tark etdi va Red Bull Salsburg bilan shartnoma imzoladi. 2012-yil 12-may kuni Salsburg Pasanen bilan shartnomani uzaytirmasligini va yozda erkin agent boʻlishini eʼlon qildi[2].
AGF Aarhus
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 28-iyulda Pasanen Daniyaning AGF jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. AGF safidagi ilk golini 2012-yilning 10-dekabrida Silkeborgga qarshi oʻyinda (3-3) urdi.
Lahtiga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning may oyida FC Lahti Pasanenning Lahtiga qaytganini va 2 yillik shartnomaga kelishishganini eʼlon qildi[3]. 2015-yil 29-sentyabrda Pasanen mavsum oxirida professional futboldan ketdi[4].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pasanen Finlandiya terma jamoasida ham asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlgan. Xalqaro maydondagi debyutini 2000-yilning 15-noyabrida Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻtkazdi. Finlandiya terma jamoasida asosan oʻng qanot himoyasida oʻynagan. Sami Hyypiä va Jari Litmanen oʻynamagan uchrashuvlarda terma jamoa sardori boʻlgan. Yagona golini 2002-yil 22-mayda Xelsinki Olimpiya stadionida Latviyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kiritgan va uchrashuvda Finlandiya 2:1 hisobida gʻalaba qozongna[5].
Pasanen Finlandiya futzal terma jamoasida ham oʻynagan, jamoada oltita oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Kuusysi | 1996 | Ykkönen | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 |
FC Hämeenlinna | 1997 | Ykkönen | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
1998 | Ykkönen | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
Jami | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | ||
Lahti | 1997 | Ykkönen | 15 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 0 |
1998 | Ykkönen | 15 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 1 | |
1999 | Veikkausliiga | 27 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 27 | 0 | |
2000 | Veikkausliiga | 15 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 1 | |
Jami | 72 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 72 | 2 | ||
Ajax | 2000—2001 | Erediviziya | 29 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 29 | 4 |
2001—2002 | Erediviziya | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
2002—2003 | Erediviziya | 22 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 22 | 3 | |
2003—2004 | Erediviziya | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | |
Jami | 59 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 59 | 7 | ||
Portsmouth | 2003—2004 | Angliya Premyer-ligasi | 12 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 |
Werder Bremen | 2004—2005 | Bundesliga | 23 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 23 | 1 |
2005—2006 | Bundesliga | 17 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 23 | 0 | |
2006—2007 | Bundesliga | 17 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 19 | 0 | |
2007—2008 | Bundesliga | 28 | 2 | 0 | 0 | 8 | 0 | 36 | 2 | |
2008—2009 | Bundesliga | 16 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 21 | 0 | |
2009—2010 | Bundesliga | 19 | 0 | 4 | 1 | 10 | 0 | 33 | 1 | |
2010—2011 | Bundesliga | 24 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | 32 | 0 | |
Jami | 144 | 3 | 5 | 1 | 37 | 0 | 186 | 4 | ||
Red Bull Salzburg | 2011—2012 | Avstriya Bundesligasi | 18 | 0 | 3 | 0 | 11 | 0 | 32 | 0 |
Aarhus | 2012—2013 | Superliga | 23 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 24 | 1 |
2013—2014 | Superliga | 21 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 21 | 1 | |
Jami | 44 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 45 | 2 | ||
Lahti | 2014 | Veikkausliiga | 11 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 12 | 1 |
2015 | Veikkausliiga | 19 | 0 | 5 | 0 | 2 | 0 | 26 | 0 | |
Jami | 30 | 1 | 6 | 0 | 2 | 0 | 38 | 1 | ||
Jami faoliyati | 386 | 15 | 15 | 1 | 50 | 0 | 451 | 16 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Finlandiya | 2000-yil | 1 | 0 |
2001-yil | 5 | 0 | |
2002-yil | 5 | 1 | |
2003-yil | 6 | 0 | |
2004-yil | 8 | 0 | |
2005-yil | 3 | 0 | |
2006-yil | 7 | 0 | |
2007-yil | 10 | 0 | |
2008-yil | 3 | 0 | |
2009-yil | 9 | 0 | |
2010-yil | 5 | 0 | |
2011-yil | 5 | 0 | |
2012-yil | 3 | 0 | |
2013-yil | 6 | 0 | |
Jami | 76 | 1 |
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2002-yil 22-may | Xelsinki olimpiadasi, Xelsinki, Finlandiya | Latviya | 2—1 | 2—1 | Doʻstona |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajax[6]
- Erediviziya: 2001—2002
- KNVB kubogi: 2001—2002
- Johan Cruyff Shield: 2002
Werder Bremen[6]
- DFB Ligapokal : 2006-yil
- DFB-Pokal : 2008—2009
- UEFA kubogi sohibi: 2008—2009
Red Bull Salzburg[6]
- Avstriya Bundesligasi: 2011—2012
- Avstriya kubogi: 2011—2012
Individual
- 2008-yil: Finlandiya sport jurnalistlari yilning eng yaxshi futbolchisi[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pasanen verlässt Werder Bremen“ (German). sueddeutsche.de (2011-yil 23-mart). Qaraldi: 2011-yil 23-mart.
- ↑ „Maajoukkuepakki sai seurastaan lähtöpassit“ (Finnish) (2012-yil 12-may). 2012-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-may.
- ↑ „Petri Pasanen palaa FC Lahden paitaan“ (Finnish). FC Lahti (2014-yil 24-may). 2014-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-dekabr.
- ↑ „Petri Pasanen lopettaa uransa kauden jälkeen“ (Finnish). Veikkausliiga (2015-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Finns hold their nerve“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2002-yil 22-may). Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 „P. Pasanen“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 28-oktyabr.
- ↑ Petri Pasanen National-Football-Teams.com saytida
- ↑ „Pasanen Petri“ (Finnish). palloliitto.fi. 2013-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-iyun.
- ↑ „Petri Pasanen palaa FC Lahteen“ (Finnish). Palloliitto (2014-yil 27-may). 2014-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.