Kontent qismiga oʻtish

Petrodvorets

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Petrodvorets (1944-yilgacha Petergof) — Rossiya Federatsiyasi Leningrad viloyatidagi shahar. Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatiga qarashli, Fin qoʻltigʻining janubiy sohilidagi pristan. Petrodvorets stansiyasi (Noviy Petergof). Soatsozlik zavodi bor. Aholisi 81,8 ming kishi (1998). Saroybogʻ muzey qoʻriqxonasi, P.dagi dastlabki qurilishlar Pyotr I buy-rugʻiga binoan, 1709-yilda boshlangan. Podsho bu yerda yozgi qarorgoh yaratishni maqsad qilgan. Unda dunyoga mashhur saroy-bogʻ ansamblini vujudga keltirishda xorijdan chaqirilgan koʻplab meʼmor va bogʻbon, rassom, naqqosh, haykaltarosh va boshqa mutaxassislar kat-nashgan. Ansamblning markazi — Katta Saroy. U dengiz boʻyidagi tepalikka dastlab ikki qavatli qilib solingan (1714—28), 1747—52 yillarda saroyni V. V. Rastrelli barokko uslubida kayta kurgan va kengaytirgan. Saroyning janubiy tomonida 5 favvorali Yuqori bogʻ (15 ga), shimoliy tomonida Pastki bogʻ (102,5 ga) joylashgan (ikkalasi ham 1714— 25). Pastki bogʻda ulkan favvoralar majmuoti bor. Saroy qarshisiga katta sharshara qurilgan boʻlib, u koʻplab favvoralar, tillarang jez haykallar, barelyeflar, vazalar bilan bezatilgan. Katta sharshara "Samson choʻmichi" deb atalgan hovuzga oqib tushadi. Hovuz oʻrtasida "Sher ogʻzini yirtayotgan Samson" nomli monumental haykallar gu-ruhi joylashgan "Choʻmich" atrofiga italyan favvoralari ("Kosalar") va kolonnalar (1803) oʻrnatilgan. Katta sharshara atrofidan turli tomonga qaratib toʻgʻri va uzun xiyobonlar qurilgan. Shimoliy tomonga ketgan 2 ta xiyobon kanalni aylanib, "Choʻmich"dan dengiz tomonga, shimoli-gʻarbga ketgan xiyobonlar "Momohavo" favvorasiga va Ermitaj paviloniga (1721—26, meʼmor I. F. Braunshteyn) olib boradi. Shim.-sharqqa ketgan xiyobon "Odamato" favvorasiga va Monplezir saroy majmuasiga (1714—26) olib boradi. 18-asrda va 19-asr oxirida saroy va pavilonli, manzarali bogʻlar yaratilgan [Angliya bogi, 1774—94, meʼmor J.Kvarengi, Aleksandriya bogʻi, 1826—29, meʼmor A. A. Menelas, Aleksandr bogʻi (1830)]. 1941—44 yillarda, urush davrida ne-mis fashistlari tomonidan vayron qilingan P. dastlabki loyiha asosida qayta tiklandi. 14 favvora va kaskad (zinapoyali ariq)lar ishga tushirildi, saroy va pavilonlar taʼmirlandi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil